Joylarda hududiy kengaşlar ham taşkil etiladi. Bu haqda yer munosabatlarini takomillaştirişga oid prezident farmonida belgilandi.
Quyidagilar Respublika va hududiy kengaşlarning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- yer töğrisidagi qonunçilik hujjatlarini qöllaşda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlaş, ularni bartaraf etiş, şu jumladan, qonunçilik hujjatlarini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;
- yerdan oqilona foydalaniş böyiça ilğor xorijiy tajribalarni örganib, milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda ularni joriy etiş böyiça takliflar tayyorlaş;
- yer töğrisidagi qonunçilik hujjatlariga rioya etilişi ahvolini muntazam örganib boriş, sohada huquqni qöllaşning yagona amaliyotini şakllantiriş;
- yerga oid qonunçilik hujjatlari ijrosini bevosita ta'minlaş va davlat nazoratini olib borişga mas'ul davlat organlarining sohaga doir faoliyatini örganib, muvofiqlaştirib boriş, tegişliça uşbu organlar va ularning quyi tuzilmalari rahbarlarining hisobotlarini eşitiş;
- yerlarni, ayniqsa, qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni muhofaza qiliş, qonun buzilişi holatlarini barvaqt aniqlaş va oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlarni belgilaş va amalga oşiriş;
- yerga oid qonunçilik hujjatlari ijrosini ta'minlaş hamda qonun buzilişi holatlarining oldini olişda keng jamoatçilik, ommaviy axborot vositalari, xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni taşkil etiş;
- yer ajratiş va undan foydalaniş jarayonlariga axborot-kommunikatsiya vositalarini keng joriy qiliş orqali sohada raqamlaştiriş jarayonlarini tezlaştirişga kömaklaşiş;
- yerga oid qonunçilik hujjatlari ijrosini ta'minlaş samaradorligini oşirişga oid boşqa masalalarni körib çiqiş.
Belgilanişiça:
- Boş prokuratura, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar prokuraturalari tegişliça Respublika kengaşi va hududiy kengaşlarning işçi organi hisoblanadi;
- Respublika kengaşi va hududiy kengaşlar yiğilişlari har çorakda kamida bir marotaba ötkaziladi, Respublika kengaşi va hududiy kengaşlar yiğilişlariga davlat organlari rahbarlari, jamoat taşkilotlari va OAV vakillari taklif etilişi mumkin;
- hududiy kengaşlar öz faoliyati töğrisida har çorakda Respublika kengaşiga hisobot beradi.
Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev Respublika kengaşi va hududiy kengaşlar faoliyatini samarali taşkil etiş, yer töğrisidagi qonunçilik hujjatlari normalarining buzilişiga, şu jumladan, yer uçastkalarini beriş va olib qöyiş bilan boğliq hujjatlarni qalbakilaştiriş holatlariga yöl qöymaslik yuzasidan qat'iy prokuror nazoratini örnatiş, aybdor şaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikning muqarrarligini ta'minlaş uçun javobgar ekani belgilandi.

















