AQŞ prezidenti Jo Bayden sobiq prezident Donald Trampning AQŞda TikTok va WeChat ilovalaridan foydalanişni taqiqlaş töğrisidagi farmonlarini bekor qildi.

«AQŞ prezidentining 2020 yil 6 avgustdagi 13942- va 13943-farmonlari bekor qilinadi», — deyiladi Oq uy xabarida.

Uşbu farmonlarda Xitoyning TikTok va WeChat ilovalaridan AQŞ hududida foydalaniş taqiqlanişi közda tutilgandi.

Bayden şuningdek, Xitoy ilovalaridan foydalanişni taqiqlaş töğrisida çiqarilgan 5 yanvardagi farmonni ham bekor qildi.

Mazkur farmonga köra, Alipay, WeChatPay, QQWallet, Tencent QQ, Camscanner, SHAREit, Vmate va WPS Office ilovalaridan foydalaniş taqiqlangandi.