Germaniyaga kelib, «Puma» kiyimlar brendidan foydalanişni boşladim. Uşbu rasm «Puma» ning asosiy ofisi joylaşgan, Xersogenaurax şaharçasida olingan. Ular yoş va harakatçan auditoriya uçun qulay va hamyonbop qiymatni yaratişadi. Eng qiziği, uşbu joydan bir kilometr masofada boşqa katta brendning ştab-kvartirasi joylaşgan.

Sportga qiziquvçilar yaxşi bilişadi «Adidas» va «Puma» brendlari Dassler aka-ukalar tomonidan Germaniyada yaratilgan. Köp yillar mobaynida ular birga işlaşgan. Adi mahsulot çiqariş sifatiga javob bergan, Rudolf esa sotiş va marketing işlari bilan şuğullangan.     Oilada nizolar kelib çiqişi sababli, 20 asrning ikkinçi yarmida ular ajralib, ikkita raqobatçi brendlarga aylanişgan.

Germaniyaga endi 2019 yilga uçib kelganimda Magdeburg şahrida öqişni boşladim va şunga öxşaş uyda bir yarim yil yaşagan edim. Uşbu çiroyli uy 1887 yilda qurilgan va bugungaça a'lo darajada foydalaniladi. Nemislar haqiqatdan muhandislar xalqi, deb öylayman. Ularning mahsulotlari odatda yuqori sifatga ega. Ahamiyat berdim, ular barça resurslarni samarador va tejamkor işlatişadi.

Germaniyada mening e'tiborimni tortgan va suratga muhrlangan holat. Tavsif kerak emas, deb öylayman. Köp narsani şunday ham körib örgansa böladi.

Gamburg porti. Globalizatsiya jarayoni tezlaşgani sari xalqaro savdo şaharlari rivojlanadi.

Yaxşilab e'tibor bergan bölsangiz, uşbu rasmda fillar yoki jirafalar tödasi suv içgani orol böyida egilayotganga öxşaydi.

Berlin Germaniyaning poytaxti. Uşbu maşinalardan qaysi birini tanlagan bölar edingiz. Men bir umr Mersedes brendini ma'qul körganman. Toşkentda doimo yaşil Mersedesda maktabga borardim, Berlinda esa sariq rangiga ötdim. Qiziği şuki, Germaniyaning eksport mahsulotlarida birinçi örinni avtomaşinalar egallaydi. Yiliga taxminan 150 milliard yevroga yaqin qiymatni avtomobil çiqaruvçi yirik korxonalar dunyo böylab eksport qilişadi.