Ta'kidlanişiça, Kim Çen In 2011 yildan buyon yiliga örtaça 5-6 kg vazn yiğişni boşlagan. 2020 yilga kelib 140 kg toş bosgan. 

Şimoliy Koreya yetakçisining taşqi qiyofasidagi bunday özgarişlar nima bilan boğlangani hozirça noma'lum. Bu uning betobligidan yoki soğlom turmuş tarziga ötganidan darak berişi mumkin.

Kim Çen In bundan oldin oxirgi marta 7 may kuni Pxenyandagi konsertda köriniş bergan. 8 iyun kuni u partiya yiğilişini ötkazgan.

2020 yil bahorida ham Şimoliy Koreya yetakçisining muayyan vaqtga közdan ğoyib bölişi uning jiddiy kasallikka uçragani va hattoki ölgani haqida miş-mişlar tarqalişiga olib kelgandi. Biroq u 20 kun ötib, 2 may kuni Sunçxondagi öğitlar işlab çiqariş zavodi oçilişida iştirok etib, bunday gaplarning «bolalaşi»ga çek qöygandi.

Koreya böyiça rossiyalik mutaxassis Konstantin Asmolovning ta'kidlaşiça, Kim Çen Inning oriqlab ketgani uning soğliğidagi muammolar bilan boğlangan bölişi mumkin.

«Unda vazn töplaşga olib keluvçi nasliy qand kasalligi bor. Kim Çen In diabetning oğir şaklidan aziyat çekadi va hattoki maxsus poyabzal kiyib yurişiga töğri kelgan. Bunga qon bosimi va işdagi stress ham qöşiladi. E'tibor bersangiz, u vaqti-vaqti bilan, yiliga taxminan bir marta 3-4 haftaga közdan ğoyib böladi. Tuşunişimça, aynan şunday vaqtda u tibbiy körikdan ötadi. Ötgan yil Kim aprelda közdan ğoyib bölganda, sarosima kötarilib, turli miş-mişlar va hattoki ölgani haqida gaplar tarqalgandi», deb ta'kidlab ötgan ekspert.