Matbuot anjumanini loyiha rahbarlari “Murad Buildings” asosçisi Murod Nazarov hamda Turkiyaning Özgüven Mimarlik quriliş kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi Önur Özgur Özguven olib borişdi, jurnalistlar, tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga javob berişdi.

Tadbirda spiker sifatida qatnaşgan Önur Özgur Özguven inşootning quriliş jarayoni, qiyinçiliklari haqida batafsil sözlab berdi:
“Pandemiya köplab sohalar kabi Nest One qurilişigayam öz ta'sirini ötkazmay qolmadi. Uşbu loyihani 2021 yil oxirigaça yakunlaşni rejalaştirgandik, ammo pandemiya bunga xalaqit berdi. Loyihani töliq yakunlaş 2022 yil oxiriga tugatişni rejalaştirganmiz. Aniq sanasini aytişimiz qiyin.
Bunga bir neçta faktorlar sababçi. Masalan, qurilişga işlatilayotgan xomaşyo dunyoning turli nuqtalaridan keltiriladi. Anglaganingizdek, ularni Özbekiston hududiga olib kirgunça yetarliça vaqt sarflanadi. Biz uçun sifat muhim va odamlar qulayligi eng birinçi örinda, şu sababli loyihaga xorijning eng sifatli quriliş materiallarini işlatamiz. Biz odamlar uçun bino quramiz. Ular biz qurgan inşootda özlarini baxtli, işonçli, xavfsiz his qilib, kelajakka umid bilan yaşaşlarini istaymiz va buning uçun maksimal harakat qilamiz.
Nest One'da şunday qulaylik yaratamizki, u yerda odamlar bino hududidan çiqmasdan turib, özining barça ehtiyojlarini qondirişi mumkin böladi. Tadbirkorlar uçun ham qulay narxlarda savdo maydonlari sotuvi yölga qöyiladi. Nest One tadbirkorlar uçun şunçaki savdo maydoni vazifasini bajarmaydi, bu yerda eng muhim jihat bölgan işonç bor. Xorijiy investorlarni ham öziga jalb etadigan binoda biznes yuritiş kelajak uçun ham kafolat bölişiga işonamiz.

“Murad Buildings” asosçisi Murod Nazarov esa Nest One loyihasi Özbekiston uçun nima berişi, iqtisodiyotga ta'siri xususida sözladi:
“Menga köp savol berişadi: Nest One Özbekistondagi eng baland inşoot böladi, deb maqtaysiz, lekin u Özbekistonga nima bera oladi? Bu savollarga şunday javob berardim: eng muhim bölgan işonçni beradi. Xorij davlatlariga borsangiz, mamlakat qudratini biliş uçun u yerdagi binolarga nazar solasiz. Dubayga borsak, osmonöpar binolarga tikilamiz, uluğvorlik, öziga işonç tuyğularini his qilamiz. Toşkentda ham Nest One kabi osmonöpar inşoot bölişi dunyo hamjamiyatining mamlakatimizga bölgan işonçini ta'minlab berişiga aminman.





















