Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev rasmiy taşrif bilan Tojikiston Respublikasiga yetib bordi.

Duşanbe xalqaro aeroportida Özbekiston rahbarini Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi.

Aeroport oliy martabali mehmon şarafiga ikki davlat bayroqlari va şiorlar bilan bezatilgan.

Özbekiston rahbarini kutib olişda köplab yoşlar va ijodiy jamoalar ham iştirok etdi.

Prezidentlar muzokaralar davomida köp qirrali Özbekiston-Tojikiston şerikligining keng kölamli kun tartibini körib çiqadilar hamda xalqaro va mintaqaviy darajadagi aloqalar yuzasidan fikr almaşadilar.

Amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaşga qaratilgan salmoqli hujjatlar töplami imzolanişi kutilmoqda.