Bugun, 11 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlar va OAVda joriy yil 10 iyun kuni Kattaqörğon tuman DSI boşliği örinbosari Aziz Ahmedov yöl harakati xavfsizligi xodimlarining zöravonligi tufayli vafot etgani ma'lum qilindi.
Bu borada IIV rasmiy munosabat bildirdi. Unda yozilişiça, Aziz Ahmedov boşqaruvidagi «Cobalt» svetoforning qizil çiroğida töxtamasdan, xodimlarning töxtaş işorasiga böysunmasdan, yuqori tezlikda harakatlanib yaşirinmoqçi bölgan. Söng yöl örtasida töxtab, haydovçi maşinani taşlab, piyoda qoçişga uringan. Bu borada vazirlik internet tarmoqlarida holat tasvirga tuşirilgan videomaterialni havola etgan.
Qayd etilişiça, hozirda uşbu holat yuzasidan Kattaqörğon tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan yakuniy xulosa, tergov jarayonlari öz nihoyasiga yetgandan söng ma'lum böladi.
«Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi mazkur holatni örganiş natijalari böyiça ma'lumotlarni keng ommaga e'lon qiladi. Öz navbatida, qömita qonunbuziliş holatining har qanday körinişiga murosasiz ekanligini bildiradi», deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 2018 yil 29 avgust kuni tunda Kattaqörğon şahar hokimining örinbosari, 1982 yilda tuğilgan Nodir Xuşvaqtov öziga biriktirilgan, davlat raqami 30 425 SAA bölgan «Chevrolet Nexia» rusumli avtomaşinada avtohalokatga uçrab, şifoxonada hayotdan köz yumgandi. Öşanda N. Xuşvaqtovning otasi Hamidulla Xuşvaqtov öğlining ölimida YPX xodimlarini ayblab çiqqandi. Uning aytişiça, YPX xodimlari öğlini quvişgan va u qoçaman deb yöl-transport hodisasiga uçrab vafot etgan.
Andijonda guruh bölib zörlaş holati Senat nazoratiga olindi
Senat Çiroqçida yölni tösgan ayollar muammosini nazoratga oladi












