Tegişli bitim Tojikistonning «Alyuminsöxtmon» OAJ va «Avtosanoat Invest» MÇJ örtasida imzolandi. 

Uşbu loyiha Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Şerali Kabirning 2021 yil 21 aprelda Özbekistonga taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlar doirasida amalga oşiriladi, deb xabar berildi «Özavtosanoat» saytida. 

Loyihani amalga oşiriş uçun 2021 yil 5-7 may kunlari «Özavtosanoat» AJ işçi guruhi Tojikistonga taşrif buyurib, şerik «Alyuminsöxtmon» kompaniyasining işlab çiqariş quvvatlarini örganib çiqdi va qöşma korxona yaratiş böyiça muzokaralar olib bordi. 

Dastlabki bosqiçda loyihaning işlab çiqariş quvvati 10 000ta avtomobilni taşkil etadi, kelgusida 35 000 donaga yetkaziş rejalaştirilgan. 

2019 yil mart oyida mamlakatlar bitta qöşma avtomobil loyihasini - «TALKO-KRANTAS maxsus texnika zavodi»ni işga tuşirdi. Bu Tojikistonda yuk maşinalari va maxsus texnika işlab çiqaradigan birinçi korxona hisoblanadi.