AQŞ prezidenti Jo Bayden Britaniyada ötayotgan «Katta yettilik» sammitida qirollik protokolini buzdi. Protokol qoidalariga köra, Kornuoll grafligida ötgan tantanali qabulga oxirgi bölib Britaniya qirollik oilasi a'zolari kelişi kerak bölgan. Biroq Bayden öz rafiqasi bilan uçraşuvga Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II’dan 5 daqiqa keyin kelgan.

AQŞ prezidenti qabulga kelganda u yerda uni qiroliça, şahzodalar Çarlz va Uilyam hamda ularning rafiqalari Kamilla Parker Boulz va Keyt Middlton kutib turişgan bölgan.

Biroq AQŞ yetakçisi tomonidan yöl qöyilgan uşbu juz'iy kamçilik qiroliça kayfiyatiga ta'sir körsatmagan. U barça mehmonlar, jumladan, Bayden bilan xuşmuomala bölgan.

Ta'kidlaş joiz, bu Bayden prezident lavozimiga kirişgandan keyin uning qiroliça Yelizaveta II bilan ilk uçraşuvi böldi.

Qirollik protokoliga köra, Britaniyadagi barça tantanali va rasmiy tadbirlarga mehmonlar qirollik oilasidan oldin kelişlari kerak. Bundan taşqari, mehmonlar tadbirlarni qirollik oilasidan oldin tark etişlari belgilab qöyilgan.