Toşkent şahar ekologiya boşqarmasi yetakçi mutaxassisi Şahlo Abdujalilova daraxtlar issiq yoz faslida köçirib ötqazilişi haqida Kun.uz savoliga javob berdi.

«Şaharda daraxtlarni köçirib ötqazadigan maxsus texnikalar olib kelingan. Qonun-qoidalariga asosan, daraxtlarni bahorgi va keç kuzgi mavsumlarda köçirib ötqaziş maqsadga muvofiq. Bu paytlarda daraxtlar tanalarida suv qoçgan, uyqu faslida böladi. Ularning qayta kökarib ketiş imkoniyati 80 foizgaça baholanadi.

Agar keç kuzgaça daraxtlar qurilişga xalaqit berişi holatlari yuzaga kelsa, mutaxassislar maslahat qiladi, ignabargli daraxtlar suğorilib, atrofidagi loyi bilan köçirilib, agrotexnikasi bajariladi, kuniga ikki martalab ham suğoriş taşkil etilişi mumkin.

Uşbu köçirilgan daraxtlarga maxsus taşkilotlar biriktiriladi. Agar ular qurib qoladigan bölsa, ma'muriy javobgarlik belgilanadi», dedi şahar ekologiya boşqarmasi vakili.

Şahlo Abdujalilovaning sözlariga köra, diametri 100 sm.dan ziyod daraxtlarni köçiriş maqsadga muvofiq emas va röyxatga olinganlar içida bunday daraxtlar uçramaydi.

«Bu röyxatda juda katta daraxtlar deyarli yöq. Misol uçun, noyob va uzoq umr köradigan eman daraxtini olsak, ba'zi hududlarda bitta, ba'zisida umuman yöq. Yoki şumtol – 36 tup. Terak kabi umri qisqa daraxtlar köçirib ötqazilmasdan, kesilişiga ruxsat berilişi ham mumkin, çunki teraklar uzoği 25-30 yil yaşaydi. Ularning örniga qarorda belgilanganidek bitta daraxtga önta daraxt ekiladi.

Toşkent şahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasida har bir tuman böyiça 5 nafardan inspektorlar tomonidan daraxtlar kesilmasligi nazoratga olingan. Lekin bu beş kişi katta hududni eplaşi qiyin, şuning uçun hamşaharlarimizdan daraxt kesilişi holatlariga duç kelişsa, albatta, işonç telefonlariga qönğiroq qilişlarini sörab qolaman», deydi u.