Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir mavsumda hovlisidan uch marta daromad olayotgan 71 yoshli otaxon
Uchqo‘rg‘onlik Abdubanno ota Abdumutalov 71 yoshda. U hozir ham tomorqasida dehqonchilik qiladi. Qahramonimiz bir yilda uch marta hosil oladi.

Birinchi hosilda ko‘chat yetishtirilgan. Abdubanno ota ko‘chat yetishtirishning o‘zidan 40 mln so‘m daromad olgan. Otaxon ikkinchi hosilga pomidor, bodring va loviya yetishtirmoqda.
Uchinchisiga esa to‘liq pomidor ekmoqchi. Buning uchun ko‘chatlar tayyor qilingan.

Abdubanno ota gul yetishtirishdan ham foyda oladi. Tomorqaning kichik qismi aynan gul yetishtirishga mo‘ljallangan.

«Oktyabr oyiga borib shu petuniyani boshqa joyga olamiz. Qalamcha qilib oktyabr oyida tayyorlasak, mart oyiga 3—6 ming so‘mlik holga tayyor bo‘ladi», deydi otaxon.

Qahramonimiz mehnat insonni ulug‘lashini ta'kidlaydi. Uning aytishicha, mehnat qilgan odamga Alloh baraka beradi.

Mavzuga oid
11:45 / 11.02.2026
Qaysi viloyatda dehqon xo‘jaliklari ko‘p? Reyting e’lon qilindi
09:44 / 14.11.2025
Choy yetishtirishdan tortib «aqlli «dehqonchilik»kacha: O‘zbekiston va Xitoy yangi loyihalarni muhokama qildi
16:24 / 30.10.2025
Dehqonchilik va chorva xavf ostida – mikrobiolog olim
14:54 / 25.10.2025