ERIELL kompaniyalar guruhi 17 yil davomida öz faoliyatini amalga oşirib kelmoqda. Öz faoliyatini Bözaxör nomli konda burğulaş uskunasini örnatişdan boşlagan kompaniya şu yillar mobaynida beqiyos muvaffaqiyatlarga erişdi. Asta-sekin kengayib, ERIELL Group 8 mingtadan ziyod yuqori darajali mutaxassislarni birlaştirgan Özbekistonning yirik neft xizmatlari kompaniyasiga aylandi.

Bugungi kunda özining yönalişli xizmatlarini Rossiya, Markaziy Osiyo, Yaqin Şarq mamlakatlari va boşqa mintaqalarda taqdim etib kelayotgan kompaniya neft xizmatlari körsatiş sohasida yetakçi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

ERIELL Group kompaniyasi “Özbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “2017-2020 yillarda uglevodorod xomaşyosi qazib olişni köpaytiriş Dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorini bajariş yölida 2017 yilda qabul qilingan keng kölamli dasturini jadal sur'atlarda amalga oşirmoqda. Dastur öz içiga yangi quduqlarni burğulaş va mavjudlarini kapital ta'mirlaş, yangi texnologik obektlar yaratiş işlarini olgan. Bularning barçasi uglevodorodlarni yetkazib beriş, şu jumladan mamlakat uçun strategik hisoblangan yönalişlar böyiça geografiyasini ham ançayin kengaytiradi.

Sir emaski, quduqlarni burğulaş işlari yuqori tavakkal va xavf-xatar bilan boğliq. Şuning uçun, hamma qoida va talablarga rioya qiliş juda muhim. Aynan xavfsizlik texnologiyalari va çoralariga qat'iy rioya qilganligi tufayli ERIELL Group işonçli va mas'uliyatli burğulaş böyiça pudratçi sifatida katta obro‘-e'tibor qozondi. Uning zaxirasida innovatsion yuqori texnologiyali asbob-uskunalar  va burğulaş texnikasi, şuningdek, yuklaş-yuk tuşiriş va boşqa maxsus texnikalar parki mavjud.   

ERIELL Group'ning texnik jihozlanişi asosini statsionar, eşelonli va mobil burğulaş uskunalari taşkil etadi. Bu uskunalar işonçli şeriklar sifatida neft-gaz bozorida işonç qozongan dunyoning yetakçi işlab çiqaruvçilarning mahsulotidir.  

Quduqlarni burğulaşda ERIELL Group ösimlik va hayvonot dunyosini saqlaşning muhimligiga alohida ahamiyat beradi, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda böladi. Kompaniyalar guruhi atrof-muhitni ifloslantirişdan saqlaniş maqsadida qat'iy xalqaro standartlarga rioya qiladi.  Çiqindilarni kamaytiriş böyiça dastur korporativ siyosatning tarkibiy qismi hisoblanadi va ERIELL Group'ning sifatni boşqariş dasturiga kiritilgan.    

Loyihalar amalga oşirilayotgan obektlarda atrof-muhitga antropogen yuklamani kamaytiriş maqsadida kompaniya qattiq çiqindilar hajmini qisqartiriş, ularni alohida töplaş, kerakli tarzda yiğiş, şuningdek, ifloslangan oqova suvlar çiqib ketişining oldini oliş böyiça işlarni amalga oşirib kelmoqda.