Yakşanba kuni Isroil parlamentida köpçilik ovoz bilan yangi koalitsion hukumat tasdiqlandi va Binyamin Netanyahuning 12 yillik boşqaruviga çek qöyildi.

Netanyahu Isroilni rekord darajada - 5 muddat davomida boşqardi. Yangi hukumatni sobiq mudofaa vaziri, öng qaraşlarga ega siyosatçi Naftali Bennet boşqaradi. Uning kabineti markazçi partiya va uning rahbari Yair Lapid bilan koalitsiyada şakllantirildi. Tomonlar erişgan kelişuvga köra, Bennet dastlabki ikki yilda boş vazirlik qiladi, keyin navbatdagi parlament saylovlarigaça qolgan ikki yillik uçun postni Lapidga böşatib beradi.

Ovoz beriş jarayoni boşlanişidan oldin Bennet knesset a'zolariga murojaat qildi. U birinçi navbatda Netanyahuga Isroil boşqaruvidagi köp yillik xizmati uçun minnatdorçilik bildirdi.

«Hamişa ham fikrimiz bir joydan çiqmagan, ammo siz ikkingiz Isroil davlatçiligi uçun köp iş qildingiz», degan Bennet Bibi va uning rafiqasi Saraga qarata.

Bennetning çiqişini «Likud» va Netanyahuga moyil bölgan boşqa partiyalar deputatlari köp bor buzib turişdi. Uzoq yillardan buyon Bibining sodiq ittifoqçilari bölib kelgan ikki öngçi diniy partiya vakillarini «ovoz beriş jarayonini buzişga uriniş» tufayli yiğiliş zalidan çiqarib yuborişga töğri keldi.

Bennet har bir avlodning öz çaqiruvlari bölişi, har bir avlod uçun öz yetakçilari kerakligini ta'kidladi. Uning sözlariga köra, Binyamin Netanyahu juda köp iş qilgan, ammo hozirda mamlakat misli körilmagan darajada bölinişga töqnaş kelgan.

«Yahudiy xalqi tarixidagi bölinişlar nazoratdan çiqib ketgan paytlar bölgan va bu bizni katta xavf ostida qoldirgan», - deya eslaydi Bennet.

U yangi koalitsiyani yiğgan va mamlakatda özgarişlar uçun yöl oçgan «Yyeş atid» partiyasi yetakçisi Yair Lapidning xizmatlarini e'tirof etgan.

«U katta milliy mas'uliyat, siyosiy saxiylik va sabr namoyiş etdi. U bölmaganida biz bugun bu yerda ötirmagan bölardik», deya nutqini yakunlagan Naftali Bennet.