2014 yil 17 iyul kuni insoniyat uçun ayançli voqea sodir bölgandi. Malaysia Airlanes aviakompaniyasiga tegişli Boeing MH17 samolyoti Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uçayotganda Donetsk osmonida urib tuşiriladi. Oqibatda samolyot bortida bölgan 298 yölovçining barçasi halok böladi. Siyosiy öyinlar sabab 300ga yaqin odam ölib ketdi, lekin bu teraktni amalga oşirganlar hamon topilgani yöq, yuzlab oilalarni aza tutişga mahkum qilib tepkini bosganlar 7 yildan buyon jazo olmayapti.

Niderlandiyada ötgan bu iş borasidagi navbatdagi sud majlisida yangi dalillar paydo böldi. Sudda Rossiya nazoratidagi Donetsk harbiylarining telefon suhbatlari eşittirilgan. Ular «Buk» zenit-raketa kompleksi orqali samolyotning urib tuşirilişini muhokama qilişgan.

Sud zalida jarayon boşlanişi bilan oldinroq e'lon qilib bölingan telefon suhbati eşittirildi. Bu suhbat uçoq urib tuşirilganidan yarim soat ötib yozilgan. Unda Donetsk razvedka boşqarmasi maxsus rota komandiri Leonid Xarçenko tan olinmagan Donetsk respublikasi razvedka boşqarmasi rahbari Sergey Dubinskiyga hisobot bergani aks etgan.

Telefon suhbatida Xarçenko ekani aytilayotgan odam şunday hisobot bergan: «Biz [belgilangan] joydamiz, bitta «suşka»ni («Su-25» qiruvçi samolyoti nazarda tutilgan) urib tuşirişdi. Yaşavor, yaşavor, bitta «suşka»ni urib tuşirişdi».

Niderlandiyada ötayotgan uzoq muddatli sudda Xarçenko va Dubinskiylar ayblanuvçi sifatida qayd etiladi. Prokuratura ularni samolyotni urib tuşirişda emas, terakt sodir etilgan «Buk» zenit-raketa kompleksini belgilangan joyga olib kelişda boş-qoş bölganlikda ayblaydi. Telefon suhbatlari tahliliga köra, Xarçenko yuqoridagi telefon suhbati vaqtida Snejniy tumanida (Donetsk hududida), Dubinskiy esa Donetskning özida bölgan. Boeing urib tuşirilgan vaqtda Xarçenko bilan doim yonma-yon bölgan odamning telefoni esa teraktdan biroz oldin Birinçi may tumani hududidagi minora orqali aloqaga çiqqan. Suriştiruvlarga köra samolyotni urib tuşirgan raketa aynan öşa hududdan uçirilgan.

Soat 17:42da şartli ismi «Botsman» bölgan odam Dubinskiyga telefon qiladi va ular örtasida quyidagi suhbat bölib ötadi:

«Botsman»: Mana bu yerda samolyot urib tuşirildi. Men quti oldidaman (qora quti), kerak bölsa senga yuboray, keyin özing yuborasan.

Dubinskiy: Biz kimnidir urib tuşirdik.