Prezident matbuot kotibi bu hafta davlat rahbari qatnaşadigan tadbirlar töğrisida batafsil ma'lumot berdi.
Qayd etilişiça, bugun soğliqni saqlaş sohasiga oid masalalar va takliflar (birinçi navbatda onkologiya va gematologiya yönalişlariga oid) hamda Toşkent viloyatining Tatariston bilan hamkorligi yuzasidan taqdimotlar ötkaziladi.
“Bu haftada ham prezidentimizning kun tartibi tiğiz böladi.
Bugun soğliqni saqlaş sohasiga oid masalalar va takliflar (birinçi navbatda onkologiya va gematologiya yönalişlariga oid), hamda Toşkent viloyatining Tatariston bilan hamkorligi yuzasidan taqdimotlar, ertaga oliy ta'lim sohasidagi islohotlar va joriy yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik böyiça videoselektor ötkazilişi belgilangan.
Şuningdek, 15 iyun kuni prezidentimiz Birlaşgan Arab Amirliklari hukumat işlari böyiça vaziri Al-Gergavi va 16 iyun kuni esa Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uçraşuvlari möljallangan.
17-18 iyun kunlari prezidentimizning Andijon viloyatiga safari rejalaştirilmoqda”, dedi Şerzod Asadov.
Bildirilişiça, bular haqida Özbekiston prezidentining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida hafta davomida xabar berib boriladi.












