«Ba'zi muxolif doiralar Ozarboyjonga minalaştirilgan maydonlar xaritasi berilgani, uning evaziga barça asirlarni qaytariş mumkinligi haqida gapira boşlaşdi. Qadrdonlarim, biz özimizda bor bölgan minalaştirilgan maydonlar xaritasining kiçik qisminigina berdik», deb aytgan Paşinyan va Yerevan keyingi muhokamalarga tayyorligini qöşimça qilgan.

12 iyunda Ozarboyjon taşqi işlar vazirligi va Armaniston hukumati rahbari Nikol Paşinyan almaşuv haqida e'lon qildi. Paşinyan ozod qilingan arman harbiylari yölda ekani va ular kelişlari bilanoq «batafsil bayonot» berişini aytgan.  

Ozarboyjon hukumati hisob-kitoblariga köra, Qoraboğ atrofidagi minalaştirilgan hududlarda yetti oy mobaynida minalar portlaşi tufayli 7 harbiy hamda tinç aholiga mansub bölgan 20 kişi halok bölgan, yana 100ga yaqin kişi jarohatlangan.

Sönggi qurbonlar 4 iyun kuni Toğli Qoraboğ şimolida tankka qarşi minaga tuşib qolgan yuk maşinasidagi ikki ozarboyjonlik jurnalist va bir amaldor bölgandi.