Bugun, 15 iyun kuni Toşkent şahri hokimligida Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengaşining navbatdan taşqari öttiz töqqizinçi sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlaş masalasi körib çiqildi. Sessiyada hozirgaça Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularda harakat qiliş davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining taşkiliy ta'minoti va rejalaştiriş boş boşqarmasi boşliği bölib işlagan Tapil Mahamadziyayev Bektemir tumani hokimligiga tasdiqlandi.

Tapil Mahamadziyayev 1976 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan. Ma'lumoti oliy.
Bektemir tumanida sönggi bir yillikdagi törtinçi hokim iş boşlamoqda. 2020 yil avgustida tumanga 2018 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Şohrux Mamajonov prezidentning tumanga taşrifidan söng barça sektorlar rahbarlari — prokuror, IIO FMB boşliği va davlat soliq inspeksiyasi rahbari bilan birgalikda işdan olingandi. Uning örniga Sirdaryo viloyati hokimi örinbosari Jahongir Ibrohimov tumanning yangi rahbari etib tayinlangandi. U bu lavozimda 5 oyga yaqin vaqt işlagaç, 2021 yilning yanvarida Yunusobod tumani hokimligiga ötkazildi.
2021 yil fevralida Saidjamol Sultonov tumanning yangi rahbari sifatida iş boşlagandi. Uning işdan ketişi sababi va keyingi faoliyati hozirça ma'lum emas.











