Buxoro viloyatida 17 yil ilgari xizmatga noloyiqligi sabab işdan böşatilgan IIB xodimi soxta guvohnoma bilan uşlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 14 iyun kuni huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Qoraköl tumanida yaşovçi 45 yoşli O‘. S. içki işlar organlaridan nafaqaga çiqqanini körsatuvçi soxta guvohnoma bilan qölga olingan.

Qayd etilişiça, şaxsiy avtomaşinasida yöl harakati qoidasini buzganligi uçun YPX xodimi tomonidan töxtatilgan O‘.S. özini içki işlar organlarida uzoq yillar faoliyat körsatib, söngra nafaqaga çiqqan mayor sifatida taniştirgan. Söng, yöl patrul xizmati inspektoriga 2014 yil 23 may kuni IIV MIB rahbari tomonidan berilgan, 2010 yilning 24 fevralida nafaqaga çiqqanini körsatuvçi 3817-sonli soxta guvohnomani körsatgan.

YPX xodimi guvohnomaning haqiqiyligiga şubha qilib, hujjatni nafaqa arxividan tekşirilişi yuzasidan IIB viloyat boşqarmasiga bildirgan. Holat yuzasidan ötkazilgan tezkor-suriştiruv işlari davomida bunday guvohnoma yöqligi ma'lum bölgan.

Qöşimça manbalarga köra, O‘. S. 1998-2004 yillar davomida viloyat içki işlar organlarida turli vazifalarda faoliyat yuritgan. U 2004 yilda özining noqonuniy xatti-harakatlari tufayli xizmatga noloyiq deb topilib, içki nizom asosida işdan böşatilgan.

Ta'kidlanişiça, hozirda fuqaro O‘.S.ga nisbatan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.