Akseleratorning asosiy vazifasi davlat organlari va taşkilotlari resurslarini jalb qiliş orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş sohasidagi dolzarb muammolarni tez va samarali hal etişdan iborat. Akselerator guruhlari har bir 100 kunlik muddat içida maxsus yeçimlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş maqsadida davlat organlari, xususiy sektor va boşqa manfaatdor tomonlar bilan işlaydi.

Tadbir doirasida, Akselerator rahbariyati birinçi 100 kunlikda törtta yönaliş, ya'ni qurilişga ruxsat beriş, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, şaharlar boş rejalarini işlab çiqiş va kommunal tölovlar uçun yagona billing tizimini yaratişni soddalaştiriş böyiça erişilgan natijalar haqida iştirokçilarga ma'lumot taqdim etdi.

Barça mas'ul idoralar iştirokida amalga oşirilgan çora-tadbirlar natijasida quriliş ruxsatnomasini oliş muddatini 246 kundan 84 kungaça qisqartiriş hamda jarayonni onlayn rejimga töliq ötkaziş imkoni yaratildi. Ayni paytda jarayonni yanada optimallaştiriş va hududlarda elektron tizimni joriy etiş işlari davom ettirilmoqda.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirişda Böka tumanida Akselerator jamoasi tadbirkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor va “Ayollar daftari” reyestriga kiritilgan 55 nafar ayollar röyxatini şakllantirdi. Kasb-hunar kurslari taşkil etilib, loyiha iştirokçilariga biznes-rejalarni işlab çiqiş, öz korxonalarini röyxatga oliş va imtiyozli kreditlar berilişiga kömaklaşildi.

Şuningdek, Akselerator tomonidan şaharsozlik normalari va qoidalariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça takliflar işlab çiqildi. Takliflar loyiha hujjatlarini idoralararo kelişiş jarayonini soddalaştiriş, qurilişning boş rejalari va ularni işlab çiqişga sarflanadigan vaqt va xarajatlarini kamaytiriş imkonini beradi.

20 milliondan ortiq kommunal xizmatlari iste'molçilarining ma'lumotlari qayta işlanib, yagona iste'mol identifikatori sifatida foydalaniladigan jismoniy şaxslarning şaxsiy identifikatsiya raqamlari (JŞŞIR) asosida kommunal xizmatlar örtasida iste'molçilar ma'lumotlarining integratsiyasi ta'minlandi.

BAA tomoni Akseleratorning natijadorligi va Özbekistonda davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş dasturini hayotga tatbiq etişda erişilgan muvaffaqiyatlar boşqa mamlakatlarda bunday mexanizmni joriy etişda kuzatilgan natijalardan ança yuqori ekanligini ta'kidladi.