Bank-moliya akademiyasiga keys-çempionat iştirokçisidan xat:
Salom! Mening ismim Şahzoda. Men mamlakatning eng kuçli universitetlaridan birida sönggi kursda öqiyman va magistratura bosqiçida öqişni davom ettirmoqçiman. Şuning uçun men keys-çempionatda qatnaşişga va Bank-Moliya Akademiyasiga imtihonsiz kirişga qaror qildim..
Men ğoliblar oilasidanman: dadam öz kompaniyasini boşidan qurgan tadbirkor. Onam yetakçi tijorat banklaridan birida buxgalter. Şuningdek mening akam ham bor.
Bolaligimdan akam va men ğoliblik ruhida tarbiyalandik. "We are the champions" qöşiği bizning oilaviy madhiyamiz. Bu ajablanarli emas: onam milliy terma jamoada uzoq vaqt gimnastika bilan şuğullangan, xalqaro musobaqalarda qatnaşgan va agar jarohati bölmaganida, u albatta jahon çempioni bölar edi ... Ammo hozir ham u özining işida çempion. Otamning kompaniyasi ham öz sohasida yetakçi hisoblanadi. Akam bir neça bor turli xil sport musobaqalarida va professional olimpiadalarda ğolib çiqqan. Uning ajoyib ğalabalaridan biri ötgan yili Özbekiston Respublikasi Milliy banki kömagida Bank-moliya akademiyasi tomonidan ötkazilgan keys-çempionatda birinçi örin olganidir.
"Bu juda qiziqarli musobaqa", dedi u menga va tafsilotlarini aytib berdi. “Beş kişidan iborat jamoalar raqobatlaşadilar. Buning uçun qatnaşçilar Qabul.bfa.uz veb-saytida oldindan röyxatdan ötişadi. Agar sizning jamoangiz bölmasa, unda Akademiya sizga çempionatda şeriklar topişda yordam beradi. Bu keng kölamli tadbir, butun respublika iştirok etmoqda. 2020 yilda uçta keys-çempionatda uç mingdan ziyod eng iqtidorli yoşlar iştirok etişdi. Musobaqa juda jiddiy va nufuzli, şuningdek yoş böyiça saralaş yöq. Ğoliblar qimmatbaho sovğalar va BMA magistraturasida öqişni davom ettiriş imkoniyati bilan taqdirlandilar. Natijalar banklarning top-menejyerlari, öqituvçilar, jahon tajribasiga ega bölgan amaliyotçilar va hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi. Şuning uçun bu yerda nafaqat yaxşi bilimlarni namoyiş etibgina qolmay, balki muammolarga xos yeçimlarni taklif qiliş orqali ğalaba qozonişingiz mumkin.

Uşbu çempionat Liderlar uçun çorlov. Bunday tanlovda ğolib çiqib, sen şunçaki magistraturaga yöllanmani qölga kiritibgina qolmasdan, balki mamlakatdagi eng yaxşi iş beruvçilarning e'tiborini jalb qilasan va muvaffaqiyatli martaba uçun katta qadam qöyasan", - deya sözlarini yakunladi akam. Uning karerasi şundan boşlandi.












