Norma’ning yozishicha, quyidagilar 2020-2025 yillarda Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
respublika rezidentlari va norezidentlarini uch (o‘zbek, rus, ingliz) tilda o‘qitish nazarda tutiladigan o‘qishga ochiq qabul qilishni tashkil etish;
biznes ma'muriyatchiligi sohasida bakalavr va magistr (VVA va MVA) akademik darajasini bergan holda, bank biznesi va moliyani boshqarishning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
robotlashtirishning o‘sib borayotgan ta'siri va sun'iy intellekt texnologiyalari rivojlanishini inobatga olgan holda mehnat bozoridagi o‘zgarishlarni hisobga oladigan iqtisodiyot va moliya sohasidagi istiqboldagi yangi kasblar xaritasini ishlab chiqish;
davlat namunasidagi diplom bergan holda kadrlar tayyorlashni ta'minlash;
xalqaro korporativ universitetlar («Sberbank» OAJ, Credit Suiss, Unicredit va boshqalar) bilan birgalikda qo‘shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish;
masofadan turib (elektron) o‘qitish orqali respublika hududlaridagi tijorat banklari filiallari uchun ta'lim dasturlarini tashkil qilish va o‘tkazish.
Akademiya quyidagilar bo‘yicha tayanch oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi:
bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni hamda rahbar kadrlarni tayyorlash;
bank va moliya sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Akademiyaning bakalavriat va magistraturasida quyidagilar ta'lim oladi:
davlat grantlari mablag‘lari hisobidan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari xodimlari;
Akademiya Kengashi tomonidan belgilangan kvotalar doirasida to‘lov-kontrakt asosida respublika rezidentlari va norezidentlari.
Boshqa oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha bakalavriati 3-kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar o‘qishini tanlov asosida Akademiyaga o‘tkazishlari mumkin.







