Akademiya rasmiy saytidagi ma'lumotga köra, Timur Yadgarov uşbu lavozimda 1 iyundan faoliyat boşlagan.

Ta'kidlaş joizki, tayinlov haqida akademiya rasmiy saytida ham, muassasani tasarruf etuvçi Özmilliybank tomonidan ham, Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanalida ham ma'lumot berilmadi.

Bir yil oldin BMA prorektori Baxriddin Tavaşşaroviç Berdiyarovga akademiya rektori vazifasini bajariş ham yuklangan edi. Muassasa rasmiy saytiga köra, Baxriddin Berdiyarov prorektor lavozimidagi faoliyatini davom ettirmoqda.

Rektor tayinlovidan bir hafta ötib, 8 iyun kuni hukumat qarori bilan Bank-moliya akademiyasini rivojlantirişning 5 yillik konsepsiyasi tasdiqlangan.

Akademiya rasmiy saytida rektor Timur Yadgarovning tarjimayi holi quyidagiça bayon qilingan:

«1992 yildan boşlab biznesni boşqaradi. Xalqaro savdo, bank-moliya sohasida biznesga rahbarlik qilgan.

Harvard Business School va Baden-Württemberg Export Academy professorlaridan ta'lim olgan. Marketing va strategik boşqaruvni örgangan. Pedagogika magistri, iqtisodiyot fanlari nomzodi.

SKOLKOVO xalqaro biznes maktabi, Moskva davlat boşqaruv universiteti (2013-2018) va boşqa nufuzli oliy ta'lim muassasalarida liderlik va taşkiliy rivojlaniş dasturlari böyiça dars bergan.

2003 yildan moderatsiya, fasilitatsiya, tartibsizlikni tizimga kiritiş va kelişmovçiliklarni boşqariş kompetensiyasiga ega. 2004-2006 yillarda Kapitalbankda strategiya va xodimlar böyiça direktor lavozimida, 2007 yilda URSA bank, 2009 yilda «Uyuterra», 2010 yilda «Ilim Timber Industry» korxona va banklarda M&A bitimlarni amalga oşiriş jarayonida komandalarni integratsiya qiliş loyihalari rahbari. 2011 yilda «Texnosila» kompaniyasi direktorlar kengaşining a'zosi sifatida qiymati bir milliard dollardan ortiq bölgan kompaniyalarda dolzarb savollarga javob topişga yordam bergan.

Timur Damiroviç mafkura va kommunikatsiya sohasida eng muhim kelişuvlar yaratiş imkonini beradigan dunyo besselleri muallifi Jon King bilan birgalikda işlab çiqilgan «Tribal Leadership» malaka oşiriş dasturi (2012-2020) master-murabbiy hisoblanadi.