Bank-moliya akademiyasi Özmilliybank tasarrufiga ötdi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorda aytilgan.

Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi va Özbekiston Respublikasi banklarining:

Bank-moliya akademiyasini Özmilliybank tasarrufiga ötkazib, uni Akademiyaning ta'sisçisi etib belgilaş;

2018 va 2019 yillarda Akademiya magistraturasiga qabul qilingan şaxslar uçun magistratura mutaxassisliklari böyiça amaldagi ta'lim dasturlarini, şuningdek, Akademiyaning sarf-xarajatlarini magistraturada davlat granti asosida ta'lim olayotgan şaxslarning öqişi tugagunga qadar Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriş tartibini saqlab qoliş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.

Özmilliybank:

a) 2020 yilning 1 fevraliga qadar yetakçi xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda quyidagilarni nazarda tutuvçi 2020-2025 yillarda Akademiyani rivojlantiriş konsepsiyasini işlab çiqadi:

Akademiyaning xalqaro e'tirof etilgan taşkilotlar reytingidagi oliy ta'lim muassasalari röyxatiga kiritilişini ta'minlagan holda uning xalqaro reytingini bosqiçma-bosqiç oşirib boriş;

yetakçi xorijiy biznes-maktablar va korporativ universitetlarning aynan bir xil dasturlari asosida bank-moliya sohasi mutaxassislarini öqitiş dasturlarini işlab çiqiş;

investitsiya faoliyati (Chartered Financial Analyst), xatarlarni boşqariş (Financial Risk Manager), Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari böyiça moliya hisobi (Association of Chartered Certified Accountans va Chartered Public Accountant), içki audit (Certified Internal Auditor), boşqaruv hisobi (Certified Management Accountant) sohalarida moliya xodimlarini xalqaro professional sertifikatsiya imtihonlariga tayyorlaş;

respublika hududlaridagi tijorat banklarining filiallari uçun qisqa muddatli kurslar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, stajirovkalar, sayyor öquv modullari va boşqa tadbirlarni taşkillaştiriş va ötkaziş;

innovatsion ta'lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş, ilmiy-pedagog kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş doirasida xorijiy şeriklar bilan hamkorlik qiliş;