SSVning Daniyadan kelgan örinbosari – Özbekistondagi byurokratiya, kam maoş va boş vraçlarni hokimlar tayinlaşi haqida
|01:44 / 16.06.202131 65419 min
Ötgan yilning iyul oyida Soğliqni saqlaş vaziriga birdaniga 4 nafar örinbosar tayinlangan va ulardan biri köp yillar Daniya qirolligining nufuzli korxonalarida mas'ul lavozimlarda işlab kelgan Abdulla Azizov edi.
Xöş, Soğliqni saqlaş tizimiga raqamlaştirişni olib kirişi aytilgan Azizov ötgan 11 oy davomida qanday natijalarga erişdi? Tibbiyotimizda nimani özgartira oldi?
Bugungi özbek jamiyatida çetda öqib, işlab kelgan kadrlarga köproq işonilmoqda. U bu işonçni oqlay olyaptimi?
Özining aytişiça, Daniyada oyiga 30 ming dollarlab pul topgan kişini Özbekistonda bugun nima uşlab turibdi?
Şavkat Mirziyoyev Abdulla Azizovga «intervyu berayotganingni kördim, közingda nur qolmabdi», deganda nimani nazarda tutgandi?
Kun.uz şu kabi savollar yuzasidan Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Abdulla Azizov bilan intervyu uyuştirdi.
— Sizni Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizovning öğli, degan gaplar yuradi. Bu böyiça internetda ham qator ma'lumotlarni uçratiş mumkin. Bu rostmi?
— Yöq, bunday emas. Öxşaşliklar esa, şunçaki tasodif. Otamning ism familiyasi ham Abdusalom Azizov. Lekin u kişi xavfsizlik xizmatida işlamaydi.
Xavfsizlik xizmati raisining oilasi bilan ham şaxsan tanişman – ajoyib oila. Lekin bizning bu jihatdan boğliqlik tomonimiz yöq.
— 2019 yilga qadar Daniyadagi qator yetakçi kompaniyalarda faoliyat yuritgansiz. Boşqaça muhit, boşqa jarayonlarni boşdan keçirgansiz. Özbekistonga qaytib kelib iş boşlaş sizga qanday ta'sir qildi? Qaytganda ilk bor nimalarni his qildingiz?
— Özbekistonda iş faoliyatim soliq tizimidan boşlangan va kelgan kunlarimda biroz özgarişlar sezilgan. Men Daniyada xususiy sektorda işlaganman. Xususiy sektorda iş boşqaçaroq yuritiladi, qaror qabul qilinadi va imkoni boriça tezkor amalga oşiriladi.
Özbekistonda duç kelgan ilk muammom byurokratiya böldi. Öşa paytda iş jarayonidagi köplab qoğozlarni, “fişka” nimaligini tuşunmasdan, qiynalib ketardim. Bu jarayonda meni har bitta işni nima sababdan, albatta, qoğozga qarab qilinişi, har bir qilingan işga hisobot talab qilinişi şok holatiga solgan.
— Vaqt ötib, bunga könikdim demang...
Mavzuga oid
— Yöq, bunga örganolmadim, örganmayman. Xodimlardan ham doim byurokratiyaga berilmaslikni talab qilaman. Topşiriq bersam, nomimdan çiqarilgan “fişka” söraşadi. Heç qanday “fişka”siz, şaxsan özlariga yoki e-mail orqali topşiriq beraman.
— Sizningça, bizdagi byurokratiyaning eng katta sababi odamlardagi özaro işonçsizlikmi?
— Işonçsizlik deb ham bölmaydi. Bilişimça, xodimlarga topşiriq rasmiy berilmasa, unga nisbatan yuzakiroq qaraladi, reaksiya kam kuzatiladi. Çunki topşiriq nihoyatda köp va rasman qayd etilmagan bölsa, unga jiddiy qaralmaydi.
Byurokratiya hamma joyda, hattoki, Daniyada ham uçraydi. Bundan voz keçişning bir usuli – taşkilotlarda elektron topşiriq tizimini joriy qiliş va öşani hujjat kabi qabul qiliş. Şart emas, albatta, gerbli peçatlar bilan rasmiy şaklda yozilgan, devonxonada röyxatdan ötgan xat çiqariş. Bu judayam köp boşoğriq çiqaradigan holatdan haligaça odamlar voz keçolmayapti. Dunyoqaraşimizni biroz özgartirsak, işlarimiz yanada osonlaşadi.
— Şifokorlar orasida izlanuvçan, yangiliklardan boxabar xodimlar köp. Şunday şifokorlardan biri Özbekiston tibbiyot tizimida kasalliklarni davolaş standartlari hamon dunyo standartlaridan ança orqada qolganini aytdi. Bu borada qanday fikr bildirasiz?
— Davolaş standartlari – protokollar yaratiladi. Bu protokollar özgarib, yangilanib turişi kerak. Buning uçun öşa soha mutaxassislari bu yangi protokollar bilan tanişib, yangi paydo bölgan davolaş usullarini amaliyotga joriy etişi kerak. Bizda esa ba'zida protokollarning özini ham topiş qiyin. Bu borada ham bizda elektron baza yaratilişi lozim – kasallikni kiritganda davolaş protokolini özi taqdim etadigan. Bunday mutaxassislarni rağbatlantirib turiş kerak, kerak bölsa, şifokorlarning xorijda malaka oşirişini yölga qöyiş, kerak bölsa, öşa yerda bir muddat işlaşsin. Davlat bunga pul ajratsin, çunki öşa mutaxassis olib keladigan tajriba juda katta natija keltiradi.
— Köp bölmadi, viloyat, tuman soğliqni saqlaş muassasalari rahbarlari öşa hudud hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanişi yölga qöyildi. Nima deb öylaysiz, bu qançalik töğri amaliyot, ya'ni hokim boş vraçning bilimiga baho bera oladimi?
— Bu yerda yana bir savol örtaga çiqadi: viloyatlardagi boşqarma boşliqlari, albatta, şifokor bölişlari şartmi? Menimça, şart emas. Rivojlangan davlatlar tajribasida körganman, hatto Janubiy Koreyada ham Soğliqni saqlaş vaziri mutaxassisligi böyiça şifokor emas. Bu tizimda rahbar eng avvalo yaxşi lider bölişi kerak, uning vazifasi töğri strategiya tanlaş va jamoani jipslaştiriş. Ular mablağ yönaltiriş masalasida ham işning közini bilişlari kerak, ba'zida notöğri yönaltirilgan mablağlar yönalişini özgartiriş ham sohaga katta foyda keltiradi. Ayniqsa, Özbekiston uçun bu juda muhim, çunki hozir budjetimiz çeksiz darajadagi mablağga ega emas. Bu rahbarlar taşabbuskor bölişi, özi töğri deb bilgan yölida kuraşişi, faqat “aytgandim, yozgandim” degan gaplar bilan çeklanmasligi kerak. Juda köp uçraydi rahbar xodimlar orasida bu gap: “Man xat çiqardim, aytib qöyganman” kabi. Böldi, şu bilan tugaydi – keyingi natija yöq. Odam oldiga qöygan maqsad uçun kuraşsagina natija böladi.
— Tibbiyot xodimlarining maoşini oşiriş – tibbiyotda sifat darajasini oşirişdagi muhim omil hisoblanadi. Tibbiyotning kelajagi tibbiy suğurta hisoblanadi. Bu haqida köp gapirilyapti, jumladan, siz ham köp gapirasiz. Umuman olganda, biz hozir bu borada qaysi bosqiçdamiz, qaçon tibbiy suğurtaga ötamiz?
— Davlat tibbiy suğurtasini joriy etişda köp işlar qilinyapti, masalan, şu yil 1 iyuldan Sirdaryo viloyatida bu tajriba yölga qöyiladi. Bunda biz eng avvalo, davlat tibbiy suğurtasi va majburiy suğurta orasidagi farqni bilişimiz kerak: davlat tibbiy suğurtasi heç qanday tölovlarsiz, tibbiy xizmatdan avval qanday muolajalar qilingan bölsa, şunday davom etiladi. Majburiy suğurtada esa, har oyda tölov qilinadi va bu orqali barça tibbiy xizmatlar kafolatlanadi. Tibbiy suğurta joriy qilinişi bilan asosan, moliyalaştiriş usuli özgaradi. Özbekistonda hozir davlat tibbiy suğurtasi joriy qilinyapti. Hozirda poliklinikaga kelgan bemorlar va davolaş örinlari (koykalar) soniga qarab Moliya vazirligi tomonidan pul ajratiladi. Lekin tibbiy suğurta yölga qöyilgaç, poliklinikalarda qança köp odam kelsa, şunga qarab pul ajratiladi. Şifoxonalarda esa qança odam davolansa, şunga qaraladi. Bu öşa muassasada tibbiy xizmatning yaxşilanişiga olib keladi, çunki bemorlar yaxşi şifokorlar bölgan, davo topa oladigan joyga borişni istaşadi. Qança köp bemor borsa, şunça köp mablağ ajratiladi, degani bu. Muassasa yaxşi xizmat körsatmasa, öz-özidan bemorlar murojaati kamayadi va pul ham kelmaydi. Bu davlat va nodavlat muassasalarida yölga qöyiladi. Yaxşi tomoni şundaki, ular örtasidagi soğlom raqobat sifatni oşiradi.
— Bir muddat avval bemorga 4tadan köp dori yoziş uçun mas'ul şifokor bilan maslahat qilinişi aytilgandi, bu haqda tegişli qaror ham çiqdi. Lekin amalda buni körmayapmiz. Nega bu tizim amalda işlamayapti?
— Köpçilik nega haligaça elektron retsept tizimi joriy etilmayotgani haqida söraydi. Bu tizimni joriy qiliş uçun respublikadagi barça poliklinikalar kompyuter va internet bilan ta'minlangan bölişi kerak, çunki barça ma'lumotlar unga joylanadi. Şifokorlar ham bu tizimni boşqariş haqida bilimga ega bölişlari va barça dorixonalar öşa tizimga boğlangan bölişi kerak. Bizda barça şifoxonalarda va dorixonalarda bunday imkoniyat yöq, bunga birdaniga ötiş ularda yuklama paydo qiladi. Eng avvalo, platforma yaratilib, baza şakllantirilgaç işga tuşirilsa, birmunça oson böladi.
Tizimga kelganimga 11 oy böldi, şu vaqt oraliğida bir neçta jarayonlar elektron şaklga ötkazildi. Köp ma'lumotlarni onlayn oliş imkoniyati yaratildi. Şu davrgaça 15taça loyiha ustida işlagan bölsam, ularning barçasi tugatilgan. Men uçun eng muhimi – 2025 yilga qadar joriy qilinadigan raqamlaştiriş jarayoni böldi. Işlagan loyihalarimizni şu raqamlaştiriş platformasiga çambarças qilişni maqsad qildik.
Biz hozir standartlarni yaratyapmiz, çunki şu paytgaça standartlar bölmagan. Tibbiyotda raqamlaştirişda qöllaniladigan barça standartlarni boşqa davlatlar tajribasida örganib çiqyapmiz: qaysi davlatga foyda bölgan-u, qaysi davlat zarar körgan.
Şuningdek, elektron retsept loyihasini 2023 yilda amalga oşiriş möljallangan. Lekin undan avval platformani yaratib oliş kerak. Platforma nima özi? Tizimdagi mavjud ma'lumotlarning hammasini bitta joyga – bazaga kelib tuşişi. Bemor davlat kasalxonasiga borganda ham, xususiy klinikaga borganda ham uning soğliği bilan boğliq barça ma'lumotlar bazada körinişi kerak. Bu ularning qayta-qayta tahlil topşiriş, tekşiruvlardan ötişlarining oldini oladi. Elektron şifoxona tizimi işga tuşirilgandan keyin elektron retsept tizimi yölga qöyiladi.
— Bizda odat bölib qolgan: har yili Soğliqni saqlaş vaziri yoki uning örinbosarlaridan biri çiqib, “Tez tibbiy yordam” tizimida “Damas”lardan voz keçilişini aytadi. Lekin haliyam bu tizimda “Damas”larni köp köramiz. Qaçon voz keçiladi bundan? Örniga qanday avtomobillar xarid qilinadi?
— 2021 yilning noyabr oyiga qadar imtiyozli kredit asosida “Tez tibbiy yordam” uçun 1000ta Volkswagen avtomobillari olinadi. Bundan taşqari Toşkent şahri uçun 203ta yangi avtomobillar olindi. Poytaxtda hozirgi kunda “Damas” bemorlarga xizmat körsatiş uçun işlatilmayapti. Boşqa maqsadlarda foydalanilyapti. Respublika böyiça 1500dan ortiq “Damas”larimiz bor, ularning barçasidan bir vaqtda voz keçiş katta mablağ talab qiladi. Bosqiçma-bosqiç hammasini almaştirib boramiz.
— Sizningça, şifoxonalarda işlayotgan hamşira va oliy ma'lumotli şifokor qança maoş olişi kerak?
— Albatta, şifokorlarga qança köp maoş bersak, şunça kam. Lekin imkoniyatlar ham hisobga olinadi, çunki hammasi budjetga borib taqaladi. Masalan, şifokorlarning maoşi taxminan 2-3 yil içida 1000 dollarga çiqarilsa yaxşi bölardi.
— Xöş, ular hozir qança olyapti?
— Hamşiralarning maoşlari hozirda 800 ming-1mln atrofida, ularning maoşini ham 400-500 dollar etib belgilansa yaxşi bölardi. Lekin bunday maoşga yetiş uçun ular ham öz ustida tinimsiz izlanişi kerak, köpçilik holatda hamşiralar faoliyati juda çeklanib qolgan.
Çet el tibbiyotida hamşiralar faoliyatiga katta urğu beriladi. Şifoxonani yurituvçi şaxslar sifatida qaraladi. Unday hamşiralar bilan bizdagi hamşiralarning bir-biridan katta farqi bor. Bizda ular faqat qoğoz töldiriş yoki şunga öxşaş işlarga jalb qilinadi. Hamşiralarning darajasini kötariş uçun şifokorlardagi ayrim yuklamalarni ularga ötkazişni rejalaştiryapmiz – şunda xizmatlarning ham sifati oşişi mumkin. Bizda hamşiralar armiyasi mavjud. Ba'zi hududlarda bitta ştatda 4tadan hamşira işlaydi. Lekin şifokorlarimiz borasida buning teskarisi – mutaxassislarimiz yetişmaydi. Şuning uçun hamşiralarni qayta tayyorlaş orqali bilimi, könikmalarini oşirsak, juda köp vazifalarni ularga yuklatişimiz mumkin va bu bilan tibbiy xizmat körsatiş sifati ham oşiriladi. Bu tajriba Sirdaryo viloyatida sinovdan ötkazilyapti, bir qança vazifalar oilaviy şifokordan olib hamşiralarga berilyapti.
— Toşkent viloyatilik şifokor Guljahon Yöldoşevaga nisbatan qöllangan hukm haqida qanday fikr bildirasiz? Umuman, nega vazirlik biror marta bu borada öz munosabatini bildirmadi?
— Bu voqeadan batafsil xabardor emasman, oçiği. Şuning uçun bu masalada biror fikr bildirişim qiyin. Özimgayam Toşkent viloyatidan ayrim murojaatlar kelib tuşadi töğridan töğri. Har bir murojaatni içiga kirib örganiş, kimningdir fikri bilan bir tomonlama qaror çiqariş notöğri, deb bilaman. Şunaqa murojaatlardan birini örganiş uçun öşa yerdagi mutasaddilardan, boşqarma boşliqlaridan suriştirsam, bizda 5-6ta şunaqa xodimlar bor, ularni heç qaçon işdan haydab bölmaydi. Haydasang, hammayoqqa yozadi, hammani yomonlaydi, xalqni yiğib, yölga çiqadi, deyişdi. Buni tan oliş kerak. Özining işi bilan boşqalarga örnak bölmay turib, birovlarni ayblaş eng notöğri narsa. Afsuski, şunday holatlarga ham duç kelyapmiz. Bunday holatda avvalo, vaziyatni yaxşi örganiş kerak. Şunday xodimlarga ham duç kelamizki, boşliqlar bilan tortişib qolişgaç, payt poylaşadi u haqida yomon fikr uyğotişga. Ba'zi butun jamoani orqaga tortadigan xodimlar bor, lekin ularni heç kim işdan böşatolmaydi. Yevropada bunaqa emas. Öz vazifasini töliğiça ado etmagan xodim bilan xayrlaşişadi.
— Menga bir hamşira yozdiki, hozir şifoxonada kuniga 8 soat işlasam, şundan 5 soatim hujjat töldiriş bilan ötadi. Bor-yöği 2-3 soatni bemor bilan yoki öz ustimda işlaşga ajratişim mumkin, deb. Uning qöşimça qilişiça, hozir Özbekistondagi deyarli barça hamşiralar şunday ahvolda işlaydi. Ularni hujjatbozlikdan qutqariş uçun joylarda nima qilinyapti? Vazir yoki vazir örinbosarlari bilişadimi joylardagi haqiqiy ahvol haqida?
— Vazir, vazir örinbosarlari haqiqiy ahvolni bilişadi. Kerak bölsa, pastga tuşib, hududlarga borib, poliklinikalarga borib ularning muammolarini örganiş majburiyatimiz bor. Ba'zi hollarda rahbarning oldida kamçiliklarni yaşirişadi. Byurokratiyaga örganib qolişgan. Darhaqiqat, bizda töldiriladigan formalar turi juda köp edi. 300dan ortiq edi ularning soni. Şundan yarmi kamaytirildi 1 yanvardan. Hozir neçta forma töldirişi poliklinika yoki şifoxonada işlaşiga qarab belgilanadi. Bu mavzuni davlat rahbariga ham taqdim qilgan edim. Butun tizimni qaytadan körib çiqiş kerak, çunki juda köp sobiq ittifoq davridan qolgan amaliyotlar hamon qöllaniladi. Buning uçun rivojlangan davlatlardan ekspertlarni jalb qiliş orqali jarayonlarni qayta körib çiqib, optimizatsiya qiliş kerak. Bu jarayonda katta iş olib boriş lozim. Masalan soliq tizimida reinjyenering qilganman: ya'ni 50 tadan ortiq hujjatlarni qisqartiriş kerak bölgan. Ba'zida 2-3ta hujjat lozim böladigan hollarda şunça köp qoğoz töldiriş kimga kerak, degan savol bilan qaralsa, töğri böladi. Xorijdan deganimga sabab, özimizning xodimlar bu xususda iş olib borişsa, yana şu ahvol böladi. Çunki ular örganişgan şunga.
Hujjat töldiriş Yevropada yoki boşqa davlatlarda ham köp, baribir ba'zi ma'lumotlar qoğozda kiritilişi kerak. Masalan, akam Daniyada şifokor bölib işlaydi. Ba'zan bemor haqidagi ma'lumotlarni diktofonga yozib olib, keçasi uyda ötirib ma'lumotlarni töldirib qöyişiga guvoh bölganman. Bizdayam şunday qilsak, osonroq bölar balki.
Bundan taşqari tez yordamda yangi bir mobil ilova işlab çiqqanmiz. Gapirganda ovozni matn körinişida yozadigan ilova bölib, bunda özbekçaniyam matnlaştiriş mumkin. Hozir ba'zi şifokorlarimiz şundan foydalanyapti.
—Bizning şifoxonalarda, poliklinikalarda bemorning soğliğiga, ahvoliga emas – propiskasiga qarab xizmat körsatiladi. Siz bölgan davlatlarda bu qanday yölga qöyilgan?
— Poliklinika şunday joyki, bemor hududiga qarab özining poliklinikasiga boğlanadi. Lekin bu tizimni qayta-qayta örganib, özgartirişimiz kerak. Masalan, Daniya, Yaponiya kabi juda köpçilik mamlakatlarda propiska degan tuşunça yöq. U yerda faqat registratsiya qilinadi. Bir joydan ikkinçi joyga köçgan odam poçta orqali xabar berib qöyadi, şundan keyin uning turar joyi özgargani uçun boğlanadigan poliklinikasi ham özgaradi va öşa şaxsdan poliklinikadagi qaysi şifokorga boğlanişi haqida ma'lumot beriladi.
Biz ham odamlarning qayerda yaşayotganini bilişimiz kerak, misol uçun Xorazmdan Toşkentga kelib işlasa yoki yaşasa avtomatik registratsiya qilişni joriy etişimiz kerak. Şu bilan bu şaxs öşa manzildagi poliklinikaga boğlanadi. Şuni amaliyotga tatbiq etişni öylab turibmiz. Özi soğliqni saqlaş tizimida propiska degan tuşunça umuman kerak emas. Biz uçun u şaxs faqat bemor, propiskasi bormi-yöqmi – ahamiyatsiz. Lekin hisob-kitob qiliş uçun, şifokordagi yuklamani rejalaştiriş uçun bemorlarni röyxatga oliş kerak böladi.
— Bilimsiz şifokorlar... Ularning notöğri taşxislari oqibatida minglab bemorlar vafot etadi. Ulardan voz keçiş haqida ham öylab köriladimi?
— Mening eng oğriqli nuqtam bölgan savol bu. Soğliqni saqlaş sohasiga kirib kelişimga ham şu sabab bölgan aslida. Rahmatli bobomni judayam yaxşi körardim. 38 harorat bilan şifoxonaga tuşib, şifokorlarning e'tiborsizligi, bilimsizligi sabab bir kunda olamdan ötganlar. Şundan keyin buvijonim ölim töşagida yotganlarida eng oxirgi aytgan gaplari “Meni kasalxonaga olib bormanglar. Ular meni öldirib yuborişadi” degan jumla böldi. Şifo beradigan maskanga nisbatan bunday gap aytilişi, şifokorga işonçsizlik juda oğir va açinarli. Bu sohaga ötişda keskin özgarişlar bölişini istaganim uçun ham uşbu sohaga ötganman. Hududlardagi şifokorlarning bilimini, tajribasini oşiriş uçun harakat qilmasak, bilib-bilmay qöyiladigan taşxislar oqibatida odamlar ölib ketaveradi. Buning uçun birlamçi tizimni özgartiriş kerak. Şu maqsadda men bu tizimdagi mutaxassislar uçun öqitiş platformasi işlab çiqyapman. Hamma yönalişdagi mutaxassis-şifokorlar şu onlayn platformada öqib çiqadi. Hamma tomonlari hisobga olindiki, onlayn öqiganda örniga boşqa birovni ötirğizib qöymasdan, yuzini kamerada tanib oliş imkoniyati yaratiladi. Bu kurslarni tugatişi xodimlarni rağbatlantiriş uçun ham xizmat qiladi. Şu yil oxirigaça kadrlar tizimini kiritib, baza yaratilsa, 2022 yil oxiri yoki 2023 yil boşida bu platforma töliq işga tuşiriladi.
Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Ilyos Safarov va Gulmira Toşniyozova suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi Nuriddin Nursaidov.