Buxoro viloyati Vobkent tumanida 15 sotix yerni 35 million sömga sotmoqçi bölgan şaxs uşlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Vobkent tumani Quruvçi mahallasida yaşovçi, 1990 yilda tuğilgan B.B. fuqarolardan biriga tumanning Çangaron mahallasi hududida joylaşgan 15 sotix böş yer maydonini 35 million sömga sotişga kelişgan.

Söng kimyoviy işlov berilgan 1000 AQŞ dollari va 5 million söm pullarni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan jinoyat ustida uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.