Buxoro şahrida hamşiralikka işga joylaştirib qöyişni va'da qilib, firibgarlik yöli bilan 1700 AQŞ dollarini olgan şaxs qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Buxoro şahrida yaşovçi, 1994 yilda tuğilgan B.M. firibgarlik ustida qölga olingan.
Qayd etilişiça, mazkur ayol viloyat köp tarmoqli kasalxonasi oldida bir fuqaroni aldab, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga hamşiralik vazifasiga işga joylaştirib qöyişni va'da berib, undan 1700 dollarni olayotgan vaqtda uşlangan.
Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoroda qarovsiz qoldirilgan maşinadan pul öğirlagan ösmir uşlandi











