Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida qarovsiz qoldirilgan maşinadan pul öğirlagan ösmir uşlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 2 may kuni soat 11:30-12:00larda noma'lum şaxs Ğijduvon tumani F.Yunusov mahallasida yaşovçi, 1997 yilda tuğilgan M.M. ga tegişli bölgan, Buxoro şahar Afrosiyob köçasi 3-uyning orqa tomonida qarovsiz qoldirilgan «Spark» maşinasidan 13 million 540 ming söm pullarni öğirlab ketgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Buxoro şahar IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan noma'lum şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov ötkazilgan.

Olib borilgan tergov hamda suriştiruv harakatlari davomida uşbu jinoyatni Buxoro tumani Xonobod qişloğida yaşovçi, 2004 yilda tuğilgan H.A. sodir etgani aniqlanib, undan aşyoviy dalillar tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan.