Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yuk maşinasi urib yuborgan velosiped haydovçisi şifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 15 iyun kuni soat 19:10larda Qiziltepa tumanida joylaşgan mahalliy yöllardan birida «Kamaz» yuk maşinasi velosiped boşqarib ketayotgan şaxsni urib yuborgan. Oqibatda velosiped haydovçisi körsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şifoxonada vafot etgan.

Suriştiruvda aniqlanişiça, velosiped haydovçisi yuk maşinasi bilan bir yönalişda harakatlanayotgan bölgan. Yölning tor joyida u yuksiz holda ketayotgan «Kamaz»ning tirkamasiga urilgan.

Qayd etilişiça, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Qiziltepa tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.