Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta'limdagi ustuvor vazifalar muhokamasi böyiça videoselektor yiğilişi davom etmoqda.
ÖzA xabariga köra, davlat rahbari ta'lim sifatini yaxşilaş va uning barça jarayonlarini bozor ehtiyojlaridan kelib çiqib, taşkil etiş masalasi Oliy ta'lim vazirligi, rektorlarning e'tiboridan çetda qolib ketayotganini qayd etdi.
Jumladan, bugungi kunda 815 ta yönalişning 55 foizi mehnat bozori talablariga javob bermaydi. Oliygohlar 2 mingga yaqin fanlar böyiça darsliklar bilan ta'minlanmagan, öquv dasturlari bundan 40 yil oldingi fan va yönalişlar asosida tuzilgan.
Masalan, Toşkent moliya institutida ğazna ijrosi, pensiya işi, budjet hisobi kabi 9 ta mutaxassislik xorijiy oliygohlarda 1 ta moliya yönalişi sifatida öqitiladi. Şu bilan birga, oliy öquv yurtlarini öquv adabiyotlari bilan ta'minlaş ham qoniqarli ahvolda. Jumladan, ötgan yilda bor-yöği 77 ta oliygoh 5 milliard sömlik kitoblarni sotib olgan (bitta oliygohga örtaça 68 million söm).
Bu kabi muammolar oliy ta'limning obrösi pasayişiga olib kelmoqda. Xususan, ötkazilgan sörovlarda aholining 65 foizi oliy ta'limdagi islohotlarning natijasi sezilmayapti, deb fikr bildirgan.
Şu bois, davlat rahbari sohadagi rahbarlar barça kuç va resurslarini quyidagi 4ta ustuvor vazifaga qaratişi zarurligini ta'kidladi.
Birinçisi – oliygohlar boşqaruv kengaşlari rolini oşiriş va kafedralar vakolatlarini kengaytiriş.
Ikkinçisi – ta'lim jarayonini bozor talablariga moslaştirib, işlab çiqariş bilan uzviyligini ta'minlaş, talabaning öz ustida işlaşi uçun muhit va şaroit yaratiş.
Oliygohlar talabani öqişga qabul qilişdan avval, ularni qayerga işga yuborişini, buning uçun iş beruvçilar bilan 10 yillik şartnomaga ega bölişi kerak.
Uçinçisi – oliygohlar ilmiy salohiyatini oşiriş, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantiriş.
Törtinçisi – professor-öqituvçilar va talabalar uçun qoğozbozlikni kamaytiriş, sohani raqamlaştiriş orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartiriş.












