«2017-2021 yillarda uglevodorod xom-aşyosi qazib olişni oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi» doirasida ERIELL Group tomonidan «Özbekneftgaz» AJ tarkibiy bölinmalari bilan hamkorlikda joriy yilning iyun oyida uçta yangi quduq işga tuşirildi, ikkita quduq obodonlaştirildi va beşta quduq elektr kimyo himoyasi (EKH)ga ulandi.  

Qaşqadaryo viloyatida Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi «Tegirmon» konining 11-sonli quduği işga tuşirildi. Quduq debiti sutkasiga 243,706 ming m3ni taşkil etdi. Diametri 168×6 mm va umumiy uzunligi 525 m bölgan şleyfli gaz quvuri qurilişi amalga oşirildi. 

Qaşqadaryo viloyatida, şuningdek Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi «Zevardi» konining 318-sonli quduği işga tuşirildi. Diametri 168×6 mm va umumiy uzunligi 399 m bölgan şleyfli gaz quvuri qurilişi amalga oşirildi. 

Qoraqalpoğiston Respublikasida 2 ta: «Şimoliy Berdaq» konining 87-sonli va Ustyurt gaz qazib çiqariş boşqarmasi «Inom» konining 25-sonli quduqlari obodonlaştirildi.

Buxoro viloyatida Gazli neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi «Hojikazgan» konining 57-sonli quduği işga tuşirildi. Diametri 108×8 mm va umumiy uzunligi 3318 m bölgan şleyfli gaz quvuri qurilişi amalga oşirildi. Şuningdek Gazli hududida «Andakli» konining 1, 2, 11 va 12-sonli quduqlarini elektr kimyo himoyasi (EKH)ga ulaş işlari yakuniga yetkazildi.   

2017-2021 yillarda uglevodorod xom-aşyosi qazib olişni oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi ijrosi doirasidagi işlar ERIELL Group va «Özbekneftgaz» AJning umumiy sa'y-harakatlari bilan davom ettirilmoqda.  

ERIELL Group Matbuot xizmati Ⓣ