Jahon banki ishonchli statistik ma'lumotlarning yo‘qligi sababli Turkmanistonni «Global iqtisodiy istiqbollar» hisobotiga bundan buyog‘iga kiritmaydi.

«Ishonchli va sifatli ma'lumotlarning yetishmasligi sababli, Jahon banki hozirda Turkmaniston va Venesuela uchun iqtisodiy ma'lumotlar, daromadlar yoki rivojlanish ko‘rsatkichlarini nashr etmayapti. Turkmaniston va Venesuela makroiqtisodiy agregatlardan ajratilgan», deyiladi xabarda.

Avvalroq Xalqaro valuta jamg‘armasi ham aprel oyida Turkmanistonning rasmiy ma'lumotlarini World Economic Outlook 2020 hisoboti uchun ishlatishdan bosh tortgandi. XVJ Turkmanistonda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 0,8 foizni tashkil etganini keltirgan bo‘lsa, Turkmaniston hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 5,9 foizni tashkil qilgan.

Glazgo universiteti professori, Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha mutaxassis Luka Ancheskiy Xalqaro valuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va boshqa tashkilotlar o‘zlarining hisobotlarida Turkmaniston hukumatining ma'lumotlariga tayanib, mamlakatdagi haqiqiy holat aks ettirilmagan raqamlarni ko‘rsatganini aytib o‘tgan.