Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga avvalgi taşrifi çoğida Andijon tumanidagi adirliklarda yangi şahar quriş taşabbusini ilgari surgan edi.

Şundan söng, turkiyalik mutaxassislar bilan birgalikda loyiha işlab çiqilib, şu yil 12 aprel kuni taqdimot qilingan edi.
Davlat rahbari uy-joylarni puxta loyihalaştiriş, hududda köproq boğ va xiyobonlar taşkil etiş böyiça topşiriqlar bergandi.
17 iyun kuni uşbu yangi şahar qurilişiga tamal toşi qöyiş marosimi böldi. Unda nuroniylar, yoşlar, jamoatçilik faollari iştirok etdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev bu qurilişni xalqimiz bunyodkorligini namoyon etadigan tarixiy voqea deb atadi.
«Andijondagi uy-joy muammosini hal qiliş uçun ikki-uç yildan beri özimni qiynayman. Çunki yer kam, uylarga talab yillar davomida töplanib qolgan edi. Bir xonadonda bir neça kelin qaynonasi bilan yaşayotgan oilalar köp. Şuning uçun uzoqni öylab, yangi şahar qurişga kirişdik. Bu yerda 130 mingdan ortiq xonadonli köp qavatli uylar barpo etiladi, 450 mingdan ziyod aholi yaşaydi», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Umumiy maydoni 4 ming gektar bölgan yangi şaharning 2 ming gektar qismida uy-joylar, ijtimoiy obektlar, sanoat zonalari, xizmat va servis obektlari quriladi. Prezidentning körsatmasiga muvofiq, yana qariyb şunça maydonda yaşil hudud barpo etiladi.
Yangi şahar loyihasi 8ta bosqiçda amalga oşiriladi. Uning kommunikatsiya tarmoqlarini boşlaş uçun joriy yilda Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan 100 million dollar ajratiladi. Bunda 33 kilometr içimlik suvi tarmoği, 52 kilometr avtomobil yöli, 18 kilometr elektr va 27 kilometr gaz tarmoqlari quriladi.
Birinçi bosqiçda 3 ming 310ta kvartirali 170ta köp qavatli uy-joy, 1 ming 680 örinli maktab, 385 örinli boğça, 200 qatnovli poliklinika quriladi. Şahar qurilişi davrida 10 mingdan ortiq, keyin esa sanoat, savdo, ijtimoiy va xizmat körsatiş sohalarida jami 100 mingga yaqin doimiy iş örinlari yaratiladi.
Prezident yangi şahar qurilişiga tamal toşi qöydi.

















