Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida ikkita masjid binoci yangitdan qurilmoqda. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Şahrisabz şahridagi «Oişa ona» va Şahrisabz tumanidagi «Yangi qişloq-1» jome masjidlarining yangi binosiga ilk ğişt qöyiş marosimlari bölib ötgan. Unda Musulmonlar idorasi mas'ul xodimi Iskandar Xalilov, Qaşqadaryo viloyati boş imom-xatibi Rahmatillo Usmonov, Şahrisabz şahar va tuman boş imom-xatiblari, nuroniy otaxonlar va jamoat vakillari bilan birgalikda masjid poydevoriga ilk ğiştni qöyişgan.



Qayd etilişiça, yiğilganlar masjid quriliş işlari tez bitişi, uning qurilişiga hissa qöşayotgan saxovatpeşa insonlar, usta-mutaxassislar, haşarçilar haqqiga duo qilingan.
Ta'kidlanişiça, uşbu masjidlarning yangi binolari haşar va xayriya yöli bilan barpo etiladi. Har ikkala masjid zamonaviy va milliy me'morçilik an'analari uyğunlaşgan holda quriladi. Şuningdek, yuz kişiga xizmat körsatişga möljallangan tahoratxonalar, ma'muriy va xizmat xonalari quriş reja qilingan. Hozir masjidlarning poydevorlari quyilmoqda.

Samarqandda yana bir masjidning yangi binosi quriladi
Samarqandda yana ikkita masjid yangi binoga ega böldi, yana biri mukammal ta'mirlandi











