Buxoro şahrida xonadonlardan biriga öğirlikka tuşgan 47 yoşli erkak va uning toşkentlik şeriklari uşlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, Buxoro şahar içki işlar boşqarmasiga Mutal Burxonov mahallasida yaşovçi fuqaro xonadonida öğirlik sodir bölgani hamda bir qança tilla taqinçoqlar, naqd pul va noutbuk, jami qiymati qariyb 60 million sömni taşkil qiladigan mulk öğirlab ketilgani haqida murojaat qilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari natijasida uşbu jinoyatni Buxoro şahrining Piridastgir mahallasida yaşovçi, 1974 yilda tuğilgan M.S. sodir etganligi aniqlangan. Şuningdek, u öziga jinoiy şerik sifatida Toşkent viloyati Böstonliq tumanida yaşovçi ikki nafar yigitni qöşib olganligi ma'lum bölgan.
Ayni paytda jinoiy guruhning boşqa öğriliklarga aloqadorligi yuzasidan suriştiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
















