Ma'lum qilinişiça, joriy yildan «Al-Azhar» majmuasida ta'lim oliş yuzasidan murojaatlar 2021 yil 25 iyundan – 15 iyulgaça Din işlari böyiça qömita huzurida taşkil etilgan Özbekiston fuqarolarining xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olişiga kömaklaşiş böyiça Maslahat kengaşi tomonidan körib çiqiladi hamda qömita tavsiyasi asosida amalga oşiriladi.

Ta'lim majmuasiga kelasi yilda qabul qiliş böyiça Özbekiston fuqarolarining murojaatlari esa yil davomida – 2021 yil 1 avgustdan 2022 yil yil 30 iyunga qadar Maslahat kengaşi tomonidan qabul qilinadi.

«Al-Azhar»da öqiş istagida bölgan Özbekiston fuqarolari Maslahat kengaşiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etişi kerak:

  • Ariza (namuna böyiça)
  • Fuqarolik pasporti yoki (ID) karta nusxasi;
  • Umumiy örta ta'lim (11-sinf negizida şahodatnoma, attestat), örta maxsus, kasb-hunar ta'limi yoki oliy ta'lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
  • Fuqaroning şaxsiy ma'lumotnomasi (namuna böyiça töldiriş şakli) va tarjimai holi (erkin şaklda).

Fuqarolarning murojaatlari Maslahat kengaşi işçi guruhi tomonidan joriy yil 16-30 iyul kunlari körib çiqiladi hamda suhbat natijasiga köra «Al-Azhar» ta'lim majmuasida öqişga tavsiya etilgan fuqarolar röyxati tavsiya xati asosida majmua administratsiyasining elektron manziliga yuboriladi.

Qömita matbuot xizmatiga köra, uşbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 avgustdagi «Xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim oliş uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida» 651-sonli qarori bilan örnatilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yil 15 iyun kuni ombudsman örinbosari – Bola huquqlari böyiça vakil Aliya Yunusova boşçiligidagi delegatsiya Misr rasmiylari bilan uçraşib, u yerda ta'lim olayotgan özbekistonlik yoşlar, bolalar huquqlarini himoya qiliş, ularni diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy ta'siridan himoyalaş böyiça fikr almaşgan edi.