Adliya vazirligi va Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining «Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş böyiça içki nazorat qoidalarini tasdiqlaş töğrisida»gi qarorga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Qoidalardagi quyidagi tuşunçalar kengaytirildi:
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş sohasida xalqaro hamkorlikda iştirok etmayotgan davlatlar;
- mijoz;
- tavakkalçilik;
- yuqori mansabdor şaxslar.
Şuningdek, yuqori mansabdor şaxslarga yaqin bölgan şaxslar tuşunçasi kiritildi.
Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari boşqa vazifalari qatorida mijozlar yoki ular nomidan ijro xatlarini bajariş yuzasidan operatsiyalarni amalga oşirişda içki nazoratni ham yuritişlari lozim.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarining içki nazoratni amalga oşiriş böyiça vazifalari jumlasiga maxsus vakolatli organning pul mablağlari yoki boşqa mol-mulk bilan boğliq operatsiyalarni 30 iş kunidan köp bölmagan muddatga töxtatib turiş haqidagi körsatmasi ijrosini zudlik bilan ta'minlaş çoralarini köriş ham kiritildi.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalariga tavakkalçiliklarni aniqlaş, baholaş, monitoring qiliş, boşqariş, kamaytiriş va hujjatlaştiriş böyiça tegişli çoralarni köriş tartibini nazarda tutuvçi içki qoidalarni işlab çiqiş majburiyatini yuklaydigan norma kiritildi. Içki qoidalar hamda ularga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalar notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Tavakkalçiliklarni baholaş natijalari elektron ravişda rasmiylaştirilişi hamda har yili 15 yanvargaça maxsus vakolatli davlat organi yoki Adliya vazirligiga taqdim etilişi lozim.
Xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariuslar içki nazorat qoidalariga rioya etilişi uçun şaxsan javobgar hisoblanadi.
Içki nazorat qoidalariga rioya etilişi uçun mas'ul bölgan şaxslar şubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga yozma yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari orqali elektron şaklda axborot berişlari lozim.












