«Tolibon» Amerika qöşinlari mamlakatni butunlay tark etişi bilan Afğonistonning yirik şaharlarini egallab oliş uçun tayyorgarlik körmoqda. AQŞ prezidenti Jo Baydenning rejasiga köra, amerikalik harbiylarni olib çiqiş jarayoni 2021 yilning 11 sentyabrida yakunlanişi kerak.

24 iyun kuni CNN telekanali toliblar yirik şaharlardan biri Mozori-Şarif (Afğonistonning şimoliy viloyatlarini va mamlakatni qöşni davlatlar, birinçi navbatda, Özbekiston va Tojikiston bilan boğlovçi transport tugunida joylaşgan) atrofiga kelib joylaşgani haqida xabar berdi. Toliblar 2001 yilda öşa vaqtda ittifoqçilar bölgan AQŞ va Rossiya, şuningdek, zamonaviy fikrlovçi va Ğarbga moyil bölgan Şimoliy alyans dala qömondonlari iştirokida ötkazilgan afğon operatsiyasi boşida uşbu şahardan siqib çiqarilgandi.

Bugungi kunda asosan mamlakat janubidagi puştunlardan tarkib topgan «Tolibon» harakati şimoldagi boşqa xalqlar - özbeklar, tojiklar, hazoriylar va boşqalar istiqomat qiluvçi hududlarga dadillik bilan yuriş qilmoqda. 22 iyun kuni markazi Mozori-Şarif hisoblanadigan Balx viloyati gubernatori tojiklarning «Afğoniston islom jamiyati» partiyasidagi tarafdorlarini (1990-yillar boşidan buyon Şimoliy alyans tarkibida toliblarga qarşi kuraşib kelgan) yana bir bor qölga qurol olib, yerlarini va xalqni himoya qilişga çaqirdi. 

Ammo harakat jangarilari, CNN’ning diplomatik tahlilçisi Nik Roberson ta'riflaganidek, xuddi şer öz öljasini ilojsiz holatda qoldirgani kabi Mozori-Şarifni qurşab olgan. Ular hukumat kuçlaridan hududlarni birin-ketin tortib olişmoqda: 2021 yil mayidan buyon, «Tolibon»ning özining bayonotiga köra, ularning ixtiyoriga 90 tuman ötgan, BMTning Afğoniston böyiça maxsus vakili Debora Layonning ma'lumotiga köra mamlakatdagi 370 tumandan kamida 50tasi toliblar qölida. Uning aniqlik kiritişiça, egallab olingan hududlarning katta qismi yirik şaharlar atrofida joylaşgan. «Bu şuni anglatadiki, toliblar xorijiy kuçlar mamlakatdan çiqib ketişi bilan mamlakat poytaxtiga kirişga tayyorlanişmoqda», — deydi Layon CNN uçun bergan izohida. 21 iyun kuni jangarilar şimoliy çegaralar yaqinidagi Şerxon-Bandar şahrini egallaşdi — bu 2000 yildan buyon ilk bor şahar toliblar nazoratiga ötişidir, — endi Tojikistondan ularning raqiblariga qarşi xalqaro yordam keladigan muhim ötiş yölagi ularning nazoratida. The Wall Street Journal naşrining yozişiça, ularning hujumi oqibatida hukumat harbiylaridan 100dan ortiği öldirilgan yoki asirga olingan, 134 nafar harbiy qöşni Tojikistonga çekinişga majbur bölgan. 

Amerikalik ittifoqçilar kömagisiz qolayotgan afğon harbiylari şu qadar tuşkunlikka tuşişganki, ular köp hollarda toliblarga jangsiz taslim bölişmoqda. CNN ixtiyoriga kelib tuşgan videoyozuvda afğon harbiylari jangarilarga birorta öq uzmasdan amerikaliklar bergan harbiy texnikalarning butun kolonnasini topşirişgani aks etgan - masalan, «Tolibon» birorta qora bozorda olişi ilojsiz bölgan Humvee zirhli texnikasini. The Wall Street Journal Afğonistonning köplab tumanlari muqarrar mağlubiyat tan olingan holda oqsoqollarning jangarilar bilan muzokaralari natijasida taslim bölayotgani haqida yozgan. Raqib tomonga ötgan afğon armiyasi askarlariga esa toliblar maoş ham tölamoqda - ular köp oylardan buyon iş haqisiz xizmat qilib kelayotgandi.