Microsoft özining yangi Windows operatsion tizimi taqdimotini ötkazdi.
Windows 11 interfeysi sezilarli özgarişlarga uçragan. «Pusk» menyusi çapdan markazga köçirilgan. Yangi operatsion tizimga yarim şaffoflik qaytgan.
Şu bilan birga, avvaldan örnatilgan ilovalar, masalan, One Drive va Edge brauzeriga ham özgarişlar kiritilgan.
Yangi Windows tizimida sensorli ekranlar bilan işlaş imkoniyatiga alohida e'tibor qaratilgan.
Eng katta yangilik esa operatsion tizimda Android ilovalarning töğridan töğri işlaşi bölgan.
Foydalanuvçilar Windows 11 yangilanişlarini yaqin oylarda olişlari aytildi.

















