Samarqand şahrida joylaşgan avtomobillarga texnik xizmat körsatiş ustaxonasida «Lasetti» maşinasining ta'mirlanayotgan yonilği baki portlab ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, bugun soat 13:24larda Samarqand viloyati FVB navbatçi dispetçerlik xizmatiga Samarqand şahridagi «Madadkor» MFYda joylaşgan avtomobillarga texnik xizmat körsatiş ustaxonasida portlaş sodir bölgani haqida xabar tuşgan. Xabarga asosan 2ta yonğin-qutqaruv bölinmasi voqea joyiga soat 13:27da yetib borgan.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, hodisaga «Lasetti» maşinasidan yeçib olinib ta'mirlanayotgan yonilği baki portlaşi sabab bölgan. Bak ta'mirlanayotgan vaqtda uning içidan yonilğidan ajralib çiqqan buğ va havo aralaşmasi töplanişi natijasida portlaş sodir bölgan.
Oqibatda, ikki nafar fuqaro 15 va 20 foiz termik kuyiş darajasi bilan tan jarohati olgan.
Urgutdagi gaz quyiş şoxobçasida gaz taşuvçi maşina portlab ketdi. Ikki kişi vafot etdi
Sirdaryo viloyatida «Lasetti»ning gaz balloni portlaşi oqibatida 2 kişi halok böldi












