Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonga SSSR NKVDning respublikadagi faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirdi
“Rosgvardiya” tomonidan topshirilgan barcha materiallar O‘zbekiston Milliy gvardiyasi muzeyi ekspozitsiyasini to‘ldiradi.
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev va “Rosgvardiya” boshlig‘i Viktor Zolotov amaliy uchrashuv o‘tkazdi, unda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi va kelgusi o‘zaro hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Zolotov hamkasbiga Ikkinchi jahon urushi davrida SSSR NKVDning O‘zbekiston hududidagi faoliyati to‘g‘risida foto va video materiallar, tarixiy ma'lumotlar, ocherklar diplomatik kanallar orqali topshirilishi to‘g‘risida aytdi, deb xabar berdi Rossiya mahkamasi matbuot xizmati. Ushbu materiallarning barchasi O‘zbekiston Milliy gvardiyasi muzeyi ekspozitsiyasini to‘ldiradi.
Kuchishlatar tuzilmalar boshliqlari aksilterror mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ishlarni kuchaytirishga, xodimlarni tayyorlash va xavfsizlik faoliyati sohasida tajriba almashish uchun delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini faollashtirishga kelishib oldi. Biroq, ushbu rejalar ikkala mamlakatda sanitariya-epidemiologik holat barqarorlashgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:20
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
20:10 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan ittifoqchilikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi
10:45 / 16.06.2026