Qayd etilganidek, davlatda kuçli sud hokimiyatining mavjudligi inson huquqlari va erkinliklarini töliq ravişda ta'minlaşga qaratilgan fuqarolik jamiyatini va demokratiyani barqaror rivojlantiriş garovidir. Bu mamlakatning barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va investitsiyalarni jalb etiş nuqtayi nazaridan jozibadorligini ta'minlaşdagi muhim omildir.

1993 yilda qabul qilingan “Sudlar töğrisida”gi amaldagi qonun mustaqillikning dastlabki yillarida işlab çiqilgan bölib, unda sud tizimidagi çuqur özgarişlar töliq aks ettirilmagan va u zamon talablariga javob bermaydi, deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilişiça, prezidentning 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni ijrosini ta'minlaş yuzasidan yangi tahrirdagi “Sudlar töğrisida”gi qonun işlab çiqilgan.

Yangi tahrirdagi qonun bilan odil sudlovning asosiy prinsiplari va sud hujjatlarini qayta köriş tartibi takomillaştirilmoqda, sudyalarning maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlari kuçaytirilmoqda, sudyalik lavozimiga nomzodlar va saylanadigan şaxslarga nisbatan qöyiladigan talablar xalqaro standartlarga moslaştirilmoqda, sudyalarning intizomiy javobgarligi qayta körib çiqilmoqda, sudyalar vakolatlarini töxtatib turiş, şuningdek, tugatiş asoslari va tartibi aniqlaştirilmoqda hamda sudyalarning ijtimoiy himoyasi ta'minlanmoqda.

Senatorlar tomonidan uşbu qonun ma'qullandi.