Futbol muxlislari e'tibori Yevropa va Amerika maydonlarida davom etayotgan qit'a çempionatlarida bölib turgan bir paytda, klublar miqyosidagi futbol transferlar bozori bilan band. Bir qator transferlarning guvohiga aylanib ham böldik. Xorijlik insayderlar esa yana bir neça yulduzlar bölğusi jamoalari bilan kelişuvga erişib bölganini xabar qilmoqda. Quyida amalga oşiş ehtimoli eng yuqori bölib turgan 7ta transferga e'tiboringizni qaratamiz.
Patson Daka
Qayerdan: «Zalsburg»
Qayerga: «Lester»
Narxi: 43 mln funt-sterling
«Tulkilar» doimgidek ayyorona va aqlli transferga qöl urmoqda. Avstriya çempionatining eng goleador futbolçilaridan biri hisoblangan Patson Daka Erling Holanddan söng zalsburgliklar yetakçisiga aylanib oldi. Avstriya grandi safida zambiyalik futbolçi 125ta öyin ötkazib, 68 marta gol urişga erişdi.
Mavsum davomida Jyeymi Vardining bir neça marta jarohat olişi «Lester» murabbiylarini xavotirga solgani aniq. Ha, Iheanaço uning yöqligini bildirmadi va mavsum yakunini fenomenal ötkazdi. Biroq, oldingi çiziqni suğurtalab qöyiş zarar qilmaydi. Boz ustiga, Dakaga sarflanadigan pullar kelajakda yaxşi foyda berişi mumkin. U APLda ham özini körsata olgan taqdirda, grandlar uni mömaygina pulga sotib olişlari mumkin.

Bubakari Sumare
Qayerdan: «Lill»
Qayerga: «Lester»
Narxi: 19,8 mln funt-sterling
«Lester» mavzusida davom etamiz. Klub «Lill» bilan çempionlikka erişgan yoş futbolçini öz safiga qöşib olişni xohlamoqda. Ingliz naşrlarining ma'lumot berişiça, şartnoma imzolanişi uçun deyarli barça narsa tayyorlab qöyilgan.
22 yoşli yarimhimoyaçi yuqori tezligi va dribling mahorati evaziga inglizlar nazariga tuşgan.
Sumare joriy mavsumda barça musobaqalarda 43ta öyinda maydonga tuşib, 2ta assist amalga oşirişga erişgan. Tayanç yarimhimoyaçisi uçun unçalik yomon natija emas.

















