25 iyun kuni Özbekiston boş vaziri örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi (TTDHK) boş kotibi Bağdod Amreyev bilan uçraşuv ötkazdi.
Tomonlar ikki taraflama hamkorlikning asosiy yönalişlari yuzasidan fikr almaşdi va ustuvor yönalişlar böyiça munosabatlarni yanada kuçaytiriş borasidagi qadamlarni muhokama qildi.
TTDHK faoliyatini yanada mustahkamlaş maqsadida amaliy hamkorlik töğrisida kelişuvga erişildi. Özbekiston tomoni “Turk dunyosi istiqbollarining körinişi – 2040” va “Turkiston kengaşining 2020-2025 yillarga möljallangan strategiyasi” kabi bir qator konseptual hujjatlarni işlab çiqiş va muvofiqlaştirişda faol iştirok etadi.

Tomonlar Qöqon şahrida Turkiy kengaş mamlakatlarining turizm masalalari vazirlari uçraşuvi muvaffaqiyatli ötkazilganini qayd etdilar. Uçraşuv natijalaridan biri Özbekistonning “Zamonaviy Ipak yöli” dasturiga qöşilgani böldi.
“Zamonaviy Ipak yöli” loyihasi 2018 yilda Turkiy kengaşga a'zo mamlakatlar turizm masalalari vazirlarining Ostonadagi yiğilişida taşkil topgan. Loyihaning asosiy maqsadi barça TTDHK mamlakatlarini qamrab oladigan qöşma turistik xizmatlarini rivojlantiriş va ilgari surişga möljallangan platforma yaratişdir.
TTDHK bilan investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari ham muhokama qilindi. Şu nuqtayi nazardan, vazifalariga TTDHKga a'zo mamlakatlardagi loyihalarni moliyalaştiriş kiradigan Qöşma investitsiya va integratsiya jamğarmasini taşkil etiş böyiça birgalikda iş olib borişning imkoniyatlari körib çiqildi.

Şuningdek, tomonlar TTDHK mamlakatlari hududlaridan ötuvçi transport yölaklaridan samarali foydalaniş va transport-logistika sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça takliflarni işlab çiqişni nazarda tutgan holda transport va tranzit sohasidagi hamkorlik qiliş yöllarini körib çiqdi.
Joriy yilda ötkazilişi rejalaştirilgan yoşlar va sport işlari masalalari vazirlari, qişloq xöjaligi vazirlari yiğilişi, Yoş tadbirkorlar forumi va Turkiy agroforum kabi qator ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik körişda keyingi qadamlar belgilandi.













