Yevro-2020. 1/8 final
Fransiya — Şveytsariya — 3:3 q.v. (0:1, 3:2, 0:0). Penaltilar seriyasi — 4:5
Gollar: Seferoviç, 15 (0:1). Benzema, 57 (1:1). Benzema, 59 (2:1). Pogba, 75 (3:1). Seferoviç, 81 (3:2). Gavranoviç, 90 (3:3).
Aniq ijro etilmagan penalti: Rodriges, 55 (darvozabon).
Penaltilar seriyasi: Gavranoviç — 0:1. Pogba — 1:1. Şer — 1:2. Jiru — 2:2. Akanji — 2:3. Tyuram — 3:3. Vargas — 3:4. Kimpembe — 4:4. Mehmedi — 4:5. Mbappe — 4:5 (darvozabon).
Fransiya: Loris, Varan, Kimpembe, Pavar, Langle (Koman, 46. Tyuram, 111), Pogba, Rabo, Kante, Benzema (Jiru, 93), Grizmann (Sissoko, 88), Mbappe.
Şveytsariya: Zommer, Rodriges (Mehmedi, 87), Vidmer (Mbabu, 73), Elvedi, Akanji, Şaqiri (Gavranoviç, 73), Çaka, Tsuber (Fassnaxt, 79), Froyler, Seferoviç (Şer, 97), Embolo (Vargas, 79).
Ogohlantirişlar: Varan, 30. Elvedi, 32. Rodriges, 62. Çaka, 76. Koman, 88. Pavar, 91. Akanji, 108.
Hakamlar: Rapallini. Belatti, Bonfa (barçasi — Argentina).
VAR: Martines Munuera. Prieto Lopes de Serain, Ernandes-Ernandes (barçasi — Ispaniya), Irrati (Italiya).
28 iyun. Buxarest. «Milliy» stadion.
Favoritning kutilmagan qiyinçiliklari
Yevropa çempionati startiga qadar Fransiya yaqqol favorit sifatida körilayotgandi. Bu mantiqiy edi: amaldagi jahon çempionlari ötgan uç yil içida Rossiyadagi triumf iştirokçilaridan heç birini yöqotmadi, aksinça yanada kuçaydi. Mbappe ulğaydi, Kante faoliyatida yana bir kuçli mavsumni ötkazdi, Pogba ham katta bola böldi va bosiq öynay boşladi, Benzema terma jamoaga qaytdi. Kuzda «Uç ranglilar» Millatlar ligasi guruhida osonlik bilan ğalaba qozonib, «törtlar finali»ga çiqişdi.
Guruh bosqiçidan keyin Dide Deşam şogirdlarida öziga işonç mustahkamlangandi. Portugaliya, Germaniya va heç qanday raqibdan tap tortmaydigan Vengriyadan iborat guruhda fransuzlar birinçi örinni egallaşdi. Guruh bosqiçidan faqat Turkiya böş öyin körsatgani evaziga uçinçi örin bilan guruhdan çiqa olgan Şveytsariya fransuzlarga jiddiy muammo tuğdirişini heç kim kutmayotgandi.
Iş bermay qolgan taktika
Bu şunday holatki, iş berib turgan taktikani özgartirib bölmasdi. Deşam davrida Fransiya heç qaçon yorqin öyin körsatmagan, ammo hamişa sifatli öyin va natija körsatib kelingan. Asosiy sabablardan biri — hamma uçun tuşunarli bölgan tizimda. Qarşi hujumlarga urğu berilgan öyin, maydon markazini ziçlab yopiş, tört himoyaçi qöyilgan sxema — muvaffaqiyatning klassik retsepti.






















