Jondor tumanida yaşovçi 33 yoşli J.Ş. jinoyat sodir qilib, sud organlaridan yaşirinib yurgandi. Ötkazilgan tezkor tadbir davomida uşbu fuqaro Ukraina davlatida ekanligi ma'lum böldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi. 

Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida körsatilgan jinoyatni sodir qilgan uşbu fuqaroga sud tomonidan 2021 yilning 9 mart kuni qidiruv e'lon qilingandi. Ta'kidlanişiça, Jondor tuman IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan J.Ş.ning Kiyev şahridagi yaşirinib kelgan manzili aniqlangan hamda uning Özbekistonga kelişi ta'minlangan. Toşkent xalqaro aeroportida qölga olingan «qoçoq» vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.

Oldinroq Buxoro şahrida öğirlik jinoyatini sodir etib, jazodan qoçib yurgan şaxs Qozoğistonda uşlangandi.