Qozoğiston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev 30 iyun kuni Moskvada Vladimir Putin bilan uçraşadi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida xabar berilgan.
Manbada aytilişiça, Nazarboyev Moskvada işçi taşrif bilan böladi. Uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlaş masalasi muhokama qilinadi. Şuningdek, kun tartibidan Yevroosiyodagi integratsiyalaşuv va boşqa xalqaro mavzular muhokamasi örin olgan.
Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibayning Tvitterdagi sahifasida yozişiça, uçraşuvda Putin va Nazarboyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining rivojlaniş istiqbolini muhokama qiladi.












