Sind viloyati yuqori sudi axloqsiz kontentlar va islom diniga hurmatsizlik mavjudligi bois TikTok ilovasini taqiqladi.
The News gazetasining yozişiça, bu oxirgi ikki yil davomidagi uçinçi taqiq bölib, u 8 iyulgaça amal qiladi. Şu kuni Pokiston telekommunikatsiyalar boşqarmasi va TikTok javobgar sifatida Sind viloyati sudida qatnaşadi.
Pokistonlik yuristlar guruhi TikTok sababli jinoyatçilik va giyohvandlik moddalari iste'moli oşib borayotgani sababli ilovani taqiqlaşni sörab, mamlakat oliy sudiga murojaat qilgan.
Pokistonda TikTok ötgan yil oktyabrida taqiqlangan, ammo kompaniya akkauntlarni mahalliy qonunlarga muvofiq holda moderatsiya qilişga va'da berganidan söng taqiq bekor qilingandi.
Qisqa videoroliklar yaratiş va tomoşa qiliş uçun möljallangan TikTok servisi Xitoyning ByteDance kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan bölib, Pokistonda WhatsApp va Facebook’dan keyin eng köp yuklab olingan ilova hisoblanadi.












