
Bugun, 29 iyun kuni Japarov «Qasri millat» qarorgohida tojikistonlik hamkasbi Imomali Rahmon bilan uçraşdi. U yerda Japarovni rasman kutib oliş marosimi ötkazilib, ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Keyin har ikki mamlakat prezidentlari hamkasblariga öz delegatsiyasini taniştirdi.

Japarov taşrifining asosiy qismi tet-a-tet körinişida ötdi. Unda Qirğiziston va Tojikiston prezidentlari özaro munosabatlar, mamlakat çegarasidagi holatni muhokama qilgan.
Uçraşuv davomida Japarov 28-30 aprel kunlari ikki mamlakat çegarasida sodir bölgan qurolli töqnaşuvlarni yodgan oldi: «Alohida ta'kidlamoqçiman, ikki mamlakat ham bundan keyin qurolli töqnaşuvlar sodir bölişiga yöl qöymasligi kerak. Biz qardoş millatlarmiz, doim yaxşi qöşniçilik munosabatini örnatganmiz», degan Qirğiziston prezidenti.

Aprel oyining oxirlarida Tojikiston va Qirğiziston çegarasida qurolli töqnaşuvlar sodir bölgandi. Janglarda rasmiy ma'lumotlarga köra Qirğiziston tomondan 36 kişi, Tojikistondan 19 kişi halok bölgan.













