Hukumat qarori bilan Jizzax şahrida “Sambhram” universiteti taşkil etildi.
Adliya vazirligi xabariga köra, “Sambhram” universiteti (Hindiston) nodavlat oliy ta'lim taşkiloti hisoblanadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlaş universitetning asosiy vazifa va faoliyat yönalişlaridan biridir.
Universitetda öqitiş kunduzgi ta'lim şaklida ingliz, rus tillari va davlat tilida tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
Bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari universitet tomonidan belgilanadi.
Universitet bitiruvçilariga Özbekiston va Hindistonda oliy ta'lim töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.
Qarorga köra, Universitetga har yili qabul qilinadigan talabalarning 20 foizini öqitiş uçun imtiyozli ta'lim grantlari ajratiladi. Bunda talabalarning 5 foizini bepul öqitiş, 5 foiziga 50 foizli, 10 foiziga 25 foizli tölov-kontrakt miqdorini tölab beriş böyiça imtiyozlar taqdim etiladi.












