Qaçonki yangi kir yuviş maşinasini xarid qiliş ehtiyoji tuğilganda izlaş jarayoni bir neça haftagaça çözilişi mumkin, axir uning turlari köp, barçasining narxi va tasnifi özgaça, har bir modelning öz afzalligi va kamçiligi mavjud. Siz uçun tanlov va xarid jarayonini yengillaştiriş maqsadida biz kir yuviş maşinasini sotib olayotganda e'tibor beriş zarur bölgan asosiy jihatlarni töplaşga harakat qildik.

Şunday böldiki, bugungi kunda kir yuviş maşinasining eng maşhur turi – bu gorizontal yuklanişli avtomatdir. Bunday modellarning asosiy afzalligi şundaki, ularni mebelning içiga qöyiş va stol tagiga örnatiş mumkin. Şuning uçun bunday kir maşinasini xarid qila turib, siz maşina eşiklari oçilganda ötayotgan insonga xalaqit bermasligi uçun avval mos keladigan joy haqida öylab köring.

Tanlaş mezonlariga ötayotganda birinçi bölib ahamiyat beriş lozim bölgan narsa – maksimal yuklanişdir. Qanday baraban bilan kir maşinasini sotib oliş yaxşiligini tezroq tuşuniş uçun esa oila a'zolari sonini sanaşdan boşlaşni tavsiya qilamiz.

Masalan, 3–4 kg maksimal yuklanişli modellar uçtagaça a'zolari bor oilaga mos keladi. Agar baraban 4–6 kgga möljallangan bölsa, bunday model 4 va undan ortiq kişidan iborat oilalarga töğri kelişi mumkin.

Yuklanadigan kirlarning maksimal oğirligini aniqlaydigan asosiy tanlov mezonlaridan biri – çuqurlikdir. Sizlarga möljalni töğri olişda yordamlaşiş uçun biz turli çuqurlikdagi tört xil variantni tanlab oldik:

1. Agarda sizning yuviniş xonangiz yoki faqat xoller uçun möljallangan yerda böş joy köp bölmasa,  8,5 kg maksimal yuklamali va 47 santimetrli çuqurlikdagi LG AI DD kir yuviş maşinasiga e'tibor qaratişingizni maslahat beramiz.

2. Agarda siz katta körpalar, çoyşablar, yostiqlarni yuvişni rejalaştirgan bölsangiz, 8,5 kg sizga kam tuyulayotgan bölsa, 10,5 kg maksimal yuklamali va 56 santimetr çuqurlikdagi sun'iy intellektli LG AI DD kir maşinasini tanlang.